Flotatsion jarayonlarga ta'sir etuvchi omillar


Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari


Download 0.65 Mb.
bet10/11
Sana11.05.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1452926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Flotatsion jarayonlarga ta\'sir etuvchi omillar

Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari


Pnevmomexanik flotatsiya mashinalari – ishlash prinsipiga qarab mexanik mashinalarga o‘xshaydi, farqi esa aerator bo‘g‘imining tuzilishida. Bu mashinalarda aerator atmosferadan havoni surish uchun emas, balki siqilgan havoni (kameraga majburan berilgan) maydalashga va bo‘tanadagi qattiq zarrachalarni muallaq holda ushlab turish uchun mo‘ljallangan (41-rasm.

41-rasm. Pnevmomexanik flotatsiya mashinasi.
1 – korpus, 2 – impeller, 3 – tinchlantiruvchi, 4 – val, 5 – havo kollektor,6 – ventil, 7 – teshik, 8 – shkiv, 9 – reduktor, 10 – ko‘pik tushirib oluvchi.
Havo havo puflagichdan (0,2-0,4)10-3Pa bosim ostida havo kollektoriga va naydagi teshikchalar orqali bo‘sh vertikal val orqali aylanayotgan impellerga tushadi va u erda mayda havo pufakchalari hosil bo‘ladi. Kameraga beriladigan havo sarfini boshqarish uchun ventil xizmat qiladi.
Radial parrakli aralashtirgichlar parraklar to‘plamidan iborat bo‘lib, ularning pastki zihi (cheti) korpusning tubiga etmaydi, bu bilan kamera devorlarida loy to‘planib qolishining oldi olinadi va bo‘tananing havo pufaklari bilan bir tekis to‘yinishi sodir bo‘ladi.
Ko‘pikli mahsulot shkiv va reduktor orqali harakatga keltiriladigan elektrodvigateldan aylanadigan ko‘pik yig‘uvchi moslama orqali ajratib olinadi.
Pnevmomexanik mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Bu mashinalarda flotatsiya tezligi katta, havo yaxshi maydalanadi, elektroenergiya sarfi kamayadi.
Pnevmomexanik mashinalarda flotatsiya olib borish ularda flotatsiya tezligining mexanik mashinalardagiga nisbatan 30-40% oshishi, elektr energiyaning sarfi esa 30-40% kamayishini ko‘rsatadi.
Flotatsiyada qo‘llaniladigan yordamchi dastgohlar
Flotatsiya fabrikalarining yordamchi dastgohlariga reagent ta’minlagichlar, kontakt chanlari va emulgatorlar kiradi.Reagent ta’minlagichlari flotatsiya reagentlarini jarayonga bir tekis berish uchun qo‘llaniladi. Reagentlarning xossalariga qarab turli tuzilishga ega ta’minlagichlar ishlatiladi.
Quruq, sepiluvchi reagentlarni berish uchun xarakatlanuvchi tasmali yoki aylanuvchi tarelkali ta’minlagichlar ishlatiladi (42-rasm).

42-rasm. Sepiluvchi reagentlar uchun ta’minlagich: a-tasmali; b-tarelkali.
Yopishqoq bo‘lmagan suyuq flotatsiya reagentlarini berish uchun skipli yoki stakanli ta’minlagichlar ishlatiladi.
Skipli ta’minlagich (43-rasm, a) krivoship-shatunli mexanizm (1) dan, (krivoship-to‘g‘ri chiziqli xarakatni aylanma harakatga aylantiradigan mexanizmlarning (Z) simon qismi), yo‘naltiruvchi (5) da harakatlanuvchi stakanskip (3) dan iborat.

43-rasm. Suyuq reagentlar uchun ta’minlagich: a-skipli; b-stakanchali; v-shkivli.
Stakan-skip pastki holatda bakka botiriladi va suyuqlik bilan liq to‘ldiriladi. Yuqoriga ko‘tarilib, stakan-skip voronka (4) ustidan majburan to‘nkariladi, undan reagent jarayon yo‘naltiriladi. Stakan-skipning to‘nkarilish darajasi shuningdek, undan quyilib tushadigan suyuqlikning xajmi shatun (2) ning uzunligini o‘zgartirib sozlanadi.
Stakanchali ta’minlagich (43-rasm,b) suyuq reagentga botirilgan g‘ildirak (1) uning barmoqlariga sharnirda stakancha (3) lar osilgan. G‘ildirak aylanganda to‘ldirilgan stakanchalar ko‘tariladi, yonbosh tomoni bilan sterjen (2) ga tegib, egiladi. Bunda reagentning bir qismi voronka (4) ga ag‘dariladi va jarayonga yo‘naltiriladi. Reagentning sarflanishi sterjen (2) ning xolatini o‘zgartirib sozlanadi. Bu stakanchaning og‘ish burchagini va ulardan oqib tushayotgan suyuqlik hajmini yo oshiradi, yoki kamaytiradi.
Qovushqoq reagentlarni (yog‘larni berish uchun shkivli ta’minlagichlar ishlatiladi (43-rasm, v). SHkivli ta’minlagich yog‘ aylanuvchi shkiv 1 dan iborat bo‘lib, uning yuzasidan kurakcha 2 yordamida reagentning ma’lum qatlami ko‘chirib olinadi va jarayonga yo‘naltiriladi.
Kontakt chanlari bo‘tanani flotatsiyadan oldin reagentlar bilan aralashtirish va flotatsiya reagentlarining mineral zarracha bilan ta’sirlashuv vaqtini oshirish maqsadida ishlatiladi. Bu mineralning reagent bilan flotatsiya mashinasining kamerasida ta’sirlashuv vaqti etarli bo‘lmaganda zarur bo‘ladi.
Kontakt chani metall bak (1) dan iborat bo‘lib o‘qi bo‘ylab aeratsion truba (2) da impeller (8) li vertikal val o‘rnatilgan. Val elektrodvigatel (3) orqali harakatga keltiriladi. Aeratsion truba tirgakli plita (6) ga o‘rnatilgan (44-rasm).
Bo‘tana reagentlar bilan birga yuklovchi patrubka (9) orqali tushadi. Impellerning aylanishi mineral zarrachalarni muallaq xolda ushlab turishni va bo‘tanani flotatsiya reagentlari bilan yaxshi aralashishini ta’minlaydi. Tayyorlangan bo‘tana kontakt chandan teshik (5) orqali uzluksiz tushirib olinadi va flotatsiya mashinasiga yo‘naltiriladi. Kontakt chani quyilish patrubkasi (4) va avariya holatda bo‘tanani chiqarib olish uchun patrubka (7) ga ega.

44-rasm.. Kontakt chani
1-bak, 2-aeratsion quvur, 3-elektrodvigatel, 4,7-patrubka, 5-teshik, 6-tirgakli plita, 8-impeller.
Kontakt chanlari diametri 1 dan 5 m gacha, hajmi 0,6 dan 88 m3 gacha o‘lchamda ishlab chiqariladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling