G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi
1-topshiriq


142
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan iborat 
(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 107-modda.):
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha 
oliy sudlari;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
– fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sud-
lari;
– fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
– jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari;
harbiy sudlar;
– viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari.
O‘zbekiston Respublikasida sudlar ish kategoriyasiga ko‘ra ixtisos-
lashtirilishi mumkin. Favqulodda sudlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek, qoraqalpoq 
tillarida yoki o‘sha hududdagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib 
boriladi. Sud olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchisi uchun 
tarjimon orqali sud materiallari bilan to‘liq tanishish, sud harakatlarida qat-
nashish va o‘z ona tilida so‘zga chiqish huquqi ta’minlanadi.
Umumiy yurisdiksiya sudlariga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent sha-
har sudi;
– fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi. Jinoyat 
ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi;
– harbiy sudlar.
Sud hokimiyatining xo‘jalik sud ishini yuritish sohasining oliy organi 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va Oliy Majlis tomonidan 
qabul qilingan boshqa hujjatlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
farmonlarining, hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari 


143
qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy 
va boshqa majburiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
mosligini aniqlaydi;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofi qligi to‘g‘risida xulosa be-
radi;
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari norma-
lariga sharh beradi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling