G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi
Yodda tuting!
2-topshiriq
Jadvalni to‘ldirish asnosida hokimiyat tarmoqlaridan har biri inson huquqlarini 
qay tarzda himoya qilishini aniqlang.
Inson huquqlarining himoya qilinishi
Hokimiyatning qonun chiqa-
ruvchi organlari tomonidan
Hokimiyatning sud 
organlari tomonidan
Hokimiyatning ijro etuvchi 
organlari tomonidan


Yakunlarni chiqaramiz
1. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimini qaysi 
sudlar tashkil etadi?
2. Sud tizimi tushunchasiga ta’rif bering.
3. Sud davlat hokimiyat organlari tizimida qanday rolni bajaradi?
4. O‘zbekiston Respublikasi sud organlarining asosiy maqsadlarini bayon eting.
?
?
O‘zingizni sinang!


147
24-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUD ORGANLARI 
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– odil sudlovni amalga oshirishga nisbatan asosiy talablar haqida;
– sudyalarning huquq va majburiyatlari, sudyalarni lavozimiga tayin-
lashda ularning shaxsiga nisbatan talablar haqida bilib olasiz.
1. Odil sudlovni amalga oshirishdagi asosiy talablar.
2. Sudyalarning huquq va majburiyatlari.
3. Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari. 
1. ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHDAGI ASOSIY TALABLAR
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha uchun majburiy 
bo‘lgan shunday qoida mustahkamlab qo‘yilgan: faqat sud shaxsni jinoyat 
sodir etganlikda aybdor deb topishi va qonunga muvofi q jazo chorasini bel-
gilashi mumkin (19-modda).
Bunda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir odam himoya 
uchun barcha vositalar ta’minlab beriladigan sudda ishi qonuniy tartibda, 
oshkora ko‘rib chiqilib, jinoyati aniqlanmaguniga qadar aybdor hisoblan-
maydi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-modda). Bunday 
javobgarlikni aniqlash tartibi aybsizlik prezumpsiyasi deb ataladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling