G. M. Tansikbayeva, V. A


Obyektivlik Har tomonlamalik


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Obyektivlik
Har tomonlamalik 
va to‘lalik
Qonuniylik
Asoslilik va adolat
Ishning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi
Ko‘rib chiqilayotgan ishga oid barcha ma’lum 
faktlarning izchil va mufassal ko‘rib chiqilishi
Ishlarni Konstitutsiya va qonunlarga
muvofi q ravishda ko‘rib chiqilishi va qaror 
qabul qilinishi
Isbotlarni ishonarli faktlar bilan tasdiqlash va 
ishning barcha jihatlarini hisobga olish


148
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish 
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-moddadan.
Sizningcha, sud muhokamasida sudyadan tashqari prokuror, advokat va xalq 
maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va himoyachilarining ishtirok etishi qonun bilan 
qaysi maqsadda belgilangan?
Quyida keltirilgan har bir vaziyat bilan tanishib chiqib, sud nega shunday qaror 
chiqarganini hal qiling. Sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasidagi ta-
lablar buzilganmi yoki aksinchami? Sudyaning o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror 
chiqargan bo‘lardingiz?
1-vaziyat.
Tojiboyevlar oilasi a’zolari (ona, ota, ikki o‘g‘il va bir nevara) o‘z mod-
diy ahvolini o‘nglab olish maqsadida Tojikistondan O‘zbekistonga narkotik 
moddalarni tashib kelishga rozi bo‘lishdi. Qonunga xilof yuk bojxonaning 
xodimlari ko‘zdan kechirishi paytida aniqlandi. Oilaning barcha a’zolari, 
shu jumladan, 16 yoshli nevara va 70 yashar ona turli muddatlarga qama-
lishdi.
2-vaziyat.
Fuqaro N. “Anho” fi rmasining buxgalteri yo‘qotib qo‘ygan hujjatlarni 
topib oldi. Hujjatlar qaytarilishi evaziga yo‘qotib qo‘yilgan yukxatlarida 
yozib qo‘yilgan tovar qiymatining 50% ini talab qildi. Uzoq muddatga 
ko‘ndirishlardan keyin fi rma rahbariyati N. ni tovlamachilikda ayblab
u ning ustidan sudga ariza berdi. Sud N. ni aybdor deb topdi va uni uch yil 
muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi.
3-vaziyat.
Boshqarishni uddalay olmagan fuqaro M. yo‘l chetiga chiqib ketdi va 
u yerda turgan fuqaro K. ning avtomobiliga shikast yetkazdi. Sudya fuqaro 
K.ga o‘zi aybdor ekanligini, uning mashinasi taqiqlangan joyda turganligini 
tushuntirib, K.dan arizasini qabul qilishni rad etdi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling