G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi
1-topshiriq


149
Quyidagi muammoni hal qilish borasida o‘z yechimingizni taklif qiling.
O‘g‘rilik qilayotgan shaxslardan biri qo‘lga tushdi, sheriklari esa qochib 
ketdi. Militsiya xodimlariga u sheriklarini aytmadi. U sheriklarini aytishi 
uchun qanday choralarni qo‘llagan bo‘lardingiz? Kuch ishlatarmidingiz? 
Aksincha bo‘lsa, unda nega? 
O‘g‘rini qiynoqqa solgan militsiya xodimi jazolanishi shart deb hisob-
laysizmi?
2. SUDYALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari mustaqil va ularning shaxsi daxl-
sizdir, ya’ni sudyalar va xalq maslahatchilari sud ishini faqat qonun asosi-
da va ularga nisbatan har qanday tashqi ta’sirni istisno qiluvchi sharoitda 
muhokama qiladilar.
Davlat idoralari xodimlari, istalgan maqomdagi mansabdor shaxslar va 
fuqarolar konkret ishlarni qanday hal etish to‘g‘risida sudga ko‘rsatma be-
rishga haqli emasdirlar. Daxlsizlik prinsipi sudyaning ruxsatisiz uning xiz-
mat xonasiga, uyiga kirishga, xat-xabarlariga ko‘z yugurtirishga, narsalari 
va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga haqli emaslikni anglatadi.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil 
sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish-
ga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofi q javobgarlikka 
sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-moddadan.
O‘zbekiston Respublikasining 30 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yu-
ridik ma’lumotga, kamida besh yillik yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish 
stajiga ega bo‘lgan va malaka imtihonini topshirgan fuqarosi tumanlararo
tuman (shahar) va xo‘jalik sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ofi tser unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy 
harbiy xizmatni o‘tayotgan fuqarosi harbiy sudning sudyasi bo‘la oladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling