G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1-topshiriq


180
konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish, basharti, hatto qaror topgan qarashlar 
va e’tiqodlar o‘zgartirilishini talab etgan taqdirda ham, muqarrar tus oladi. 
Hayotning o‘zi amaldagi qonunlarga muayyan tuzatishlar va qo‘shim-
chalar kiritilishini talab qiladi.
Jahon amaliyotida konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishdan keng foy-
dalaniladi. Ma’lumki, hatto qabul qilinganiga ikki yuz yildan oshib ketgan 
AQSH Konstitutsiyasi singari barqaror amal qiluvchi konstitutsiyaga ham 
27 ta tuzatish kiritilgan edi.
Jahonda qabul qilingan paytidan buyon biron-bir o‘zgartirishga uch-
ramagan konstitutsiyalar ham mavjud. Ular jumlasiga, masalan, Yaponiyaning 
1947-yilgi Konstitutsiyasi va Daniyaning 1953-yilgi Konstitutsiyasi kiradi. 
Hozirda faqat bir necha davlatlargina (Buyuk Britaniya, Isroil, Saudiya 
Arabistoni, Butan va Ummon) qonunlarning konstitutsiyaviy majmuasiga 
ega emas.
O‘zingizni Asosiy qonunni o‘zgartirish bo‘yicha konstitutsiyaviy komissiya a’zosi 
sifatida his qiling. 
Konstitutsiyaga bir qancha o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib 
chiqishingiz kerak:
– bir qator jamoat tashkilotlarining komissiyaga murojaatlarida o‘zla-
riga qonunchilik tashabbusini biriktirib qo‘yish to‘g‘risidagi masalani 
qo‘yishmoqda;
– saylovchilar guruhi nopok ishlar bilan shug‘ullangan deputatni chaqirib 
olishmoqchi; 
– bir guruh huquqshunos olimlar va tergovchilar jinoyat sodir etgan-
likda gumon qilinayotgan shaxslarning telefon orqali so‘zlashuvlarini eshi-
tishga ruxsat etilishi to‘g‘risidagi taklifni kiritishmoqchi.
Aytib o‘tilgan taklifl arni ko‘rib chiqishni qabul qilasizmi? O‘z javobingizni asos-
lab bering.
2. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH SHARTLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida uning tez-tez o‘zgar-
tirilishiga to‘sqinlik qiluvchi barqarorligini ta’minlash borasidagi bir 
2-topshiriq


181
qator muhofazakor choralar nazarda tutilgan. Ular Asosiy qonunning 
6-bo‘limida bayon etilgan bo‘lib, unda tuzatishlar kiritish tartibi va shartlari 
keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiri-
tishga qonunga ko‘ra faqat buning uchun Oliy Majlis Qonunchilik palata-
si deputatlari va Senat a’zolari umumiy sonidan uchdan ikki qismi ovoz 
bergan taqdirda yoki O‘zbekiston Respublikasi referendumi davomidagina 
yo‘l qo‘yiladi. Qonunchilik organi tegishli taklif kiritilganidan keyin olti oy 
mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar va tuzatishlar kiritish to‘g‘risida 
keng va har tomonlama muhokamani inobatga olgan holda qaror qabul qili-
shi mumkin.
Agar Oliy Majlis o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, u 
kamida bir yildan keyingina Oliy Majlis muhokamasiga qayta kiritilishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin 
olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish 
to‘g‘risida keng va har tarafl ama muhokamani hisobga olgan holda qonun 
qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiri-
tish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta 
kiritilishi mumkin.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling