G. M. Tansikbayeva, V. A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 124-modda. Bank
- 5. SOLIQLAR NEGA KERAK Soliq
Yodda tuting!
2-topshiriq 175 4. DAVLATNING BANK TIZIMI Banklar tashkil etilishi va faoliyati huquqiy negizini “Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hujjatlari tashkil qiladi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofi q bank tizimining ikki bo‘g‘ini mavjud: quyi bo‘g‘in – kredit tashkilotlari va xorijiy banklarning moli- yaviy mablag‘lari, oliy bo‘g‘in – O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 124-modda. Bank (italyancha “banka” – o‘rindiq yoki fransuzcha “bangue” – sandiq) – yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar (hissalar) qabul qilinishini hamda qabul qilib olingan mablag‘lardan kreditlar berish va har xil to‘lovlar amalga oshirilishi uchun foydalanishni ro‘yobga chiqa- ruvchi yuridik shaxs. O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofi q Markaziy bank milliy valuta barqarorligini muhofaza qilish va ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi. O‘zbekiston Respublikasida naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo‘yishning mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taalluqlidir. Banknotlarning qalbakilashtirilishi va qo- nunga xilof yasalishi qonun tomonidan ta’qib etiladi. 5. SOLIQLAR NEGA KERAK? Soliq – barcha yuridik va jismoniy shaxslar davlat yoki mahalliy bud- jetga amalga oshiradigan umummajburiy to‘lovlarning bir turi. Asosiy qonun belgilaydi Yodda tuting! 176 16-sxema. Soliq to‘lovchi Maktablar Shifoxonalar Pensiyalar Yo‘l infratuzilmasini ta’minlash Milliy xavfsizlikni ta’minlash Bolalar bog‘chalari SOLIQLAR Soliqlarni belgilash, yuritish va to‘lash bilan bog‘liq barcha muno- sabatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan boshqariladi. Mazkur Kodeksga muvofi q soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida soliq to‘lovchilar uchun yagona sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 5-moddasiga muvofi q, soliq qonunchiligi soliq to‘lashning majburiylik, soliqqa tortishning adolatlilik, soliq qonun- chiligining oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prin- siplariga asoslanadi. 177 Soliqqa tortish bevosita – hisobga olingan daromaddan yoki mol-mulk qiymatidan hamda bilvosita bo‘ladi, ya’ni tovar va xizmatlar narxini, aksiz solig‘ini, bojxona bojlarini va hokazolarni oshirish orqali undiriladi. Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi shart. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling