G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Yakunlarni chiqaramiz
O‘zbekiston Respublikasida 
moliya va kr
edit
?
?
O‘zingizni sinang!
1. Huquq jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar rivojiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi?
2. Davlat moliya va kredit tizimining asosiy manbalarini ayting.
3. Davlat moliya va bank tizimini tarkib toptiruvchi muassasalarni sanang.
29-§. KONSTITUTSIYAGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish shartlari va tartibi haqida ham-
da jahonda ana shu tartibga beriladigan ahamiyati haqida bilib olasiz.
1. Jamiyatga Konstitutsiya nega kerak?
2. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish shartlari.


179
1. KONSTITUTSIYA JAMIYATGA NEGA KERAK?
Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy rivojlanish tarixi ba’zi konsti-
tutsiyalar asrlar davomida o‘zgarmasdan, o‘z amalining muntazamligi bi-
lan ajralib turishidan dalolat beradi. Boshqalari esa, aksincha, tez-tez qayta 
ko‘rib chiqishga, bir-birining o‘rnini egallashga duchor etilgan.
Asosiy qonun har qaysi sivilizatsiyalashgan jamiyat hayotida muhim rol 
o‘ynashini isbotlab o‘tirishga uncha ehtiyoj bo‘lmasa kerak. Konstitutsiyada 
davlat tomonidan kafolatlanadigan eng barqaror, doimiy huquqlar va ijti-
moiy hayot me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan. 
Sizningcha, konstitutsiya o‘z negizida o‘zgarmasdan qolishi yoxud tez-tez 
o‘zgartirishlarga va hatto tubdan qayta ko‘rib chiqishga duchor etilishi kerakmi? O‘z 
javobingizni dalillashtiring.
Garchi Konstitutsiya hajm jihatdan uncha katta bo‘lmagan hujjat bo‘lsa-
da, u jamiyat hayotining barcha – siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, 
maishiy, shaxsiy, mehnat qilish va hokazo sohalariga ta’sir ko‘rsatadi.
Shaxs bilan jamiyatning o‘zaro munosabatlarining tartibga solinishi, 
jamiyat tuzilishi va hokimiyatning tashkillashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
masalalar konstitutsiya tomonidan qanchalik uzoqni ko‘zlab hal etilsa, 
mamlakat ijtimoiy hayotining rivojlanishiga uning ta’siri ham shunchalik 
barqaror bo‘ladi. Aynan shuning uchun ham mamlakat konstitutsiyasiga 
tuzatishlar va o‘zgartirishlar kiritib boraverish nihoyatda ko‘ngilsiz bir 
holdir.
Ammo sobitqadamlik va barqarorlik Asosiy qonunga o‘zgartirishlar 
yoki tuzatishlar kiritish imkoniyatini aslo istisno etmaydi, albatta. Chunki 
bunday o‘zgartirishlarga ehtiyojni ham hayotning o‘zi dunyoga keltiradi. 
Hech qaysi qonun o‘zgartirish yoki qo‘shimchalarga ehtiyoj sezmay-
digan bir darajada mukammal bo‘lmaydi. Bu mutlaqo tabiiydir, negaki 
hayot har doim rivojlanib boradi va yangilanadi. Kecha yangi bo‘lgan narsa 
bugunga kelib eskiradi. Shuning uchun ham konstitutsiyaning ayrim qism-
lari davlat va jamiyat organlarining normal faoliyatiga to‘sqinlik qila bosh-
laydi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini tahqirlaydi. Bunday hollarda 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling