G. M. Tansikbayeva, V. A


 Prokuratura organlarining moliyaviy ta’minoti qanday yuz beradi? Bizning maslahatlarimiz


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

6. Prokuratura organlarining moliyaviy ta’minoti qanday yuz beradi?
Bizning maslahatlarimiz.
SIZNING UYINGIZ – SIZNING QO‘RG‘ONINGIZ
Xonadoningiz kalitini hech mahal pochta qutisida, gilamcha tagida, 
boshqa istalgan shartli joyda qoldirmang. Eng maqbul variant – kalitni 
qo‘shnilardan birida qoldiring.
Mabodo uyda bir o‘zingiz bo‘lsangiz, eshik taqillaganda yo qo‘ng‘iroq 
jiringlaganda ochmang, eshik ortida turgan holda so‘zlashing. Qandaydir 
yordam, suv berish borasidagi iltimosga, elektr hisoblagichni yoki gazni 
tekshirib ko‘rish to‘g‘risidagi taklifga: “Kattalar uyda yo‘q, keyinroq 
keling”, qabilida javob qiling.
Xonadoningizga kirib olish borasidagi xiralik davom etaversa, ikkilan-
mang, militsiyaga qo‘ng‘iroq qiling.
Ushbu telefon raqamlarini eslab qoling:
 
 
101 – o‘t o‘chirish xizmati
 
 
102 – militsiya
 
 
103 – tez tibbiy yordam
 
 
104 – gaz xizmati
 
 
1050 – qutqaruv xizmati
28-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MOLIYA VA KREDIT
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit tizimining huquqiy 
asoslari haqida;
?
?
O‘zingizni sinang!


172
– bank va pul tizimining huquqiy asoslari haqida;
– mamlakat soliq tizimi asoslarining xususiyatlari haqida bilib olasiz.
1. Huquq va iqtisodiyotning o‘zaro bog‘liqligi.
2. Davlatning moliya tizimi.
3. O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi.
4. Davlatning bank tizimi.
5. Soliqlar nega kerak?
1. HUQUQ VA IQTISODIYOTNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Biz yashayotgan zamon – bozor munosabatlari gurkirab rivojlanayot-
gan, turli mulk shakllari paydo bo‘layotgan va takomillashib borayotgan 
davrdir. Bugun respublikamizda yashab turgan har bir kishida o‘z korxo-
nasini ochish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va shu tariqa o‘z farovon-
ligini ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodi-
yotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling