Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida quyidagi chora-
tadbirlar belgilangan:
– prokuratura organlarida siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etish
taqiqlangan;
– prokurorlar o‘z vakolatlari amal qiladigan davrda siyosiy partiyalar
hamda siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalarida
a’zolikni to‘xtatib turadilar;
– prokurorlarga pullik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanish va tadbir-
korlik faoliyati bilan shug‘ullanish (ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyat bun-
dan mustasno) taqiqlanadi;
– prokurorlarning boshqa tashkilotlarda va korxonalarda o‘rindoshlik
asosida ishlashi taqiqlangan (o‘quv va ilmiy muassasalardan tashqari);
– prokurorlar va prokuratura tergovchilari davlat muhofazasidadir va
xizmat daxlsizligiga egadir, ya’ni ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ish-
larini tergov qilish faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshiri-
ladi;
– davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot
vositalarining jinoyat ishlari tergov qilinayotganda, shikoyatlar, arizalar va
hokazolar ko‘rib chiqilayotganda prokuratura faoliyatiga aralashuvi taqiq-
langan;
– O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati oldida
hisob berishi shartdir.
1. Prokuratura organlari mustaqilligi muammosini hal etish borasida o‘z chora-
tadbirlaringizni taklif eting.
2. Balki, Siz prokuratura organlariga juda ko‘p vakolatlar berilgan, ular tomoni-
dan hokimiyat suiiste’moliga yo‘l qo‘yilishi ehtimoldan xoli emas, deb hisoblarsiz?
Xo‘sh, prokuratura organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish uchun nimani taklif
etasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofi q prokuror lavozimini
egallab turgan davrda prokurorning boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi va
Do'stlaringiz bilan baham: |