G. M. Tansikbayeva, V. A


PROKUROR NAZORATIGA OID HUJJAT TURLARI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. PROKUROR NAZORATIGA OID HUJJAT TURLARI
Qonun buzilganligini aniqlab, prokuror quyidagi choralarni ko‘rishi 
mumkin: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantirish. 
Qonunga zid hujjat qabul qilinganda prokuror uni qabul qilgan organga 
protest kiritadi. Xuddi shunday tartibda mansabdor shaxsning noqonuniy 
qarori uchun ham prokuror tomonidan protest kiritiladi. 
Protest kelib tushgach, o‘n kundan kechiktirilmagan holda ko‘rib chiqi-
lishi kerak. Protest ko‘rib chiqilganligi haqidagi natija uch kun ichida proku-
rorga yozma ravishda ma’lum qilinadi. 
Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonun buzilishining mazmuni-
dan kelib chiqqan holda prokuror jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida, ma’muriy 
javobgarlik ishlab chiqish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
1-topshiriq


168
Qonun buzilishini bartaraf etish, uning sabablari va yo‘l qo‘yilishiga 
sababchi sharoitlar to‘g‘risidagi taqdimnoma prokuror tomonidan organga 
yoki qonun buzilishini bartaraf etishga mas’ul mansabdor shaxsga kiri-
tiladi. Taqdimnoma kechiktirilmay ko‘rib chiqilishi shart va ko‘rilgan 
chora-tadbirlar haqida bir oy ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum 
qilinishi kerak.
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat qilishi 
mumkin. 
Fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlari, huquqlari 
va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin 
bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud 
bo‘lganda, prokuror tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi 
to‘g‘risida yozma shaklda mansabdor shaxslarga va fuqarolarga ogohlan-
tirish ma’lum qilinadi va qonun buzganligi uchun javobgar ekanligi uqti-
riladi. Shu o‘rinda alohida qayd etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori o‘z faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 
Senatiga muntazam hisobot berib turadi. 
1. Qotillik sodir etildi. Qotilni jinoyat qilganlikda ayblash maqsadida 
jinoiy qidiruv boshlig‘i qotillikda gumon qilinayotgan shaxsga keladigan 
barcha xatlarni ochib o‘qish to‘g‘risida buyruq berdi.
Sizningcha, prokuror ushbu qarorni bekor qilishi lozimmi?
2. Ba’zi hollarda sud muhokamasi davomida prokuror sudlanuvchini 
umrbod qamoq jazosi tayinlanishini talab qilishga majburdir.
Sizningcha, bu hol mamlakatda shafqatsizlik keng tarqalishiga imkoniyat yarat-
maydimi?
Qonunlarni ishlab chiqishda prokuratura organlarining har qanday dav-
lat organlaridan, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan to‘liq mus-
taqil bo‘lishlari masalasi hal etilishi zarur edi.
2-topshiriq


169

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling