G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 
Normativ hujjat


29
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
10.12.1992-y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADHIYASI TO‘G‘RISIDA
(Ko‘chirma)
Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2010-yildagi 
Qonuniga muvofi q o‘zgartirishlar kiritilgan.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qa-
rash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, 
ham orkestr, ham xor tomonidan yoki o‘zga vokal va cholg‘u asboblari 
bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi 
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-
cholg‘u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to‘liq ijro etiladi, cholg‘u asbob-
larining o‘zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo‘l 
qo‘yiladi – ashulaning boshlanishi va naqarot bir martadan aytiladi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiya 
ning 
ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofi q 
holda ijro etilmog‘i lozim.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik hu -
zurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilan-
magan bo‘lsa, hozir bo‘lgan kishilar madhiyani tik turib va o‘ng qo‘l kaftini 
ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi 
maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O‘zbe-
kiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan birgalikda amalga 
oshirilsa, hozir bo‘lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekis-
tonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiya-
sini hurmat qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun huj-
jatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling