G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 18-moddadan.
6-§. INSON VA FUQAROLARNING HUQUQLARI, 
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– inson va fuqarolar qanday huquq va erkinliklarga ega ekanli gini
– O‘zbekiston Respublikasida davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar haqida bilib olasiz.
1. Inson va davlat: ular o‘zaro qay tarzda bog‘langan?
2. Hokimiyat nima degani?
3. Inson huquqlariga doir xalqaro va milliy hujjatlar.
4. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
1. INSON VA DAVLAT: ULAR O‘ZARO QAY 
TARZDA BOG‘LANGAN?
Hozirgi davrda inson huquqlari to‘g‘risidagi masala tashvishini qilmay-
digan mamlakat topilmasa kerak. 
Tarixda ham inson o‘z huquqlari uchun kurashmagan davr bo‘lmagan. 
Erkinlik g‘oyasini adolatsizlik va zo‘ravonlik hukm surgan hayotning o‘zi 
dunyoga keltirdi. 
Kishilarning o‘z huquqlari uchun kurashi jarayonida insonning muno-
sib hayot kechirishga huquqi yoqlangan ko‘plab g‘oyalar, nazariyalar va 
ta’limotlar yuzaga keldi va rivojlandi.
Sharqning mashhur huquqshunoslari orasida Imom Bur 
honiddin 
al-Mar g‘inoniy alohida o‘rin tutadi. 1178-yilda alloma o‘zining 57 ta 


39
kitobdan iborat bo‘lgan “Hidoya” (“To‘g‘ri yo‘l”) 
asarini yozib tugatadi. Bu asarda alloma kishilar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday bo‘lishi 
kerak li gini huquq asosida ko‘rsatib berdi. Ko‘p asr -
lar davomida ana shu kitob huquq 
shunoslik (fi qh 
ilmi) bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari ham Burho-
nid 
din al-Marg‘inoniyning har bir insonning tabiiy 
huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanli-
gi yoki aksinchaligidan qat’i nazar, rioya etilishini 
qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to‘g‘risidagi 
g‘oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran 
davlatga mutlaqo boshqacha – shaxs huquqlarini 
poymol qiluvchi institut (tashkilot) tariqasida emas, balki uning inson va ja-
miyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan yondashilmoqda.
Tabiiy huquqlar g‘oyasi jahondagi turli davlatlarning konstitutsiyaviy 
huquqida o‘z aksini topgan. Insonning oliy qadriyatlari mamlakatning Asosiy 
qonunida e’tirof etilishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida 
ham inobatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga 
asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati 
va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling