G. M. Tansikbayeva, V. A


INSON HUQUQLARIGA DOIR XALQARO VA MILLIY HUJJATLAR


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. INSON HUQUQLARIGA DOIR XALQARO VA MILLIY HUJJATLAR
Inson huquqlari sohasidagi eng muhim hujjatlar jumlasiga quyida-
gilar kiradi:
– Inson huquqlari umumdеklaratsiyasi;
– Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi хalqaro pakt;
– Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi хalqaro pakt;
– Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi 
Yevropa Konvеnsiyasi;
– Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish 
to‘g‘risidagi Konvensiya;
– Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi 
Xalqaro konvensiya;
– Tahqirlash va boshqa shafqatsizlik, g‘ayriinsoniylik yoki qadr-qimmat-
ni tushirish ko‘rinishidagi munosabat va jazolashga qarshi Konvensiya; 
– Nogironlar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya;
– Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvеnsiya;
– Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya;
– Zo‘rlik bilan yo‘q qilinishdan barcha shaxslarni himoya qilish 
to‘g‘risida Xalqaro konvensiya.
O‘zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari bo‘yicha BMTning 70 dan 
ortiq xalqaro hujjati, shuningdek, 6 ta asosiy bitimining ittifoqchisi hisob-
lanadi. Ayni paytda xalqaro majburiyatlarni izchil bajargan holda ushbu 
sohadagi o‘z siyosatini takomillashtirib boradi.
Mazkur hujjatlar sayyoramizda yashab turgan barcha insonlarning 
huquqlarini mustahkamlab qo‘yadi. Xalqaro hujjatlar butun jahondagi dav-
latlarga o‘z hududida yashab turgan har bir insonning huquqlariga rioya 
qilishni tavsiya etadi.
Sizningcha, o‘zimizni erkin va mustaqil inson deb his etishimiz uchun biz qanday 
huquq va erkinliklarga ega bo‘lishimiz kerak?
1-topshiriq


42
Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqarolaridan, qolaver-
sa, u yoki bu sabablarga ko‘ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doimiy 
yasha yotgan kishilardan ham iborat bo‘ladi. Xorijiy fuqarolar yoki o‘zining 
xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmagan fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar (apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi. Garchi bu shaxslar 
fuqarolikka ega bo‘lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy hujjatlarda mus-
tahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan foydalanadilar.
O‘zbekistonning Asosiy qonuni barcha fuqarolarning bir xildagi 
huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkam-
lab qo‘ygan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mahrum 
etishga haqli bo‘lmagan huquqlar sifatida ta’rifl angan.
Bir kishining huquqlari boshqa bir kishining huquqlari boshlanadigan nuqtada 
cheklanadi, degan ta’kidga qo‘shilasizmi? O‘z fi kringizni asoslash borasida daliliy 
misollar keltiring.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling