45
ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech
kim haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 19-modda.
Fuqaro S. dala hovlini uyi bilan birgalikda sotib oldi. Biroq xursandchiligi
uzoqqa cho‘zilmadi.
Yetishtirilgan mevalar, hatto uydagi ayrim buyumlar va mebellar
o‘g‘irlanib ketilaverdi.
Kuz mavsumi tugash arafasida fuqaro S. dala hovlining kirish joyiga qo‘lda yasal-
gan qopqon qo‘ydi. U uch metr balandlikka og‘ir g‘o‘lalarni shunday o‘rnatdiki, agar
yerto‘ladagi olma solingan yashikni begona odam olib chiqadigan bo‘lsa,
uning ustiga
shu g‘o‘la tushib ketadi.
Yanvar oyida fuqaro S.ni militsiyaga chaqirishib, balog‘atga yetmagan ikki nafar
bola – A. va D. ustiga shu g‘o‘lalar tushib ketishi natijasida
yetkazilgan zarar yu-
zasidan tushuntirish berishni talab qilishdi. Balog‘atga yetmagan bu bolalarning ota-
onalari farzandlarini davolash uchun ketadigan xarajatlar S. tomonidan qoplanishini
talab
qilishib, sudga murojaat qilishgan edi. Fuqaro S.ning qo‘shnilari dala hovliga
qopqon o‘rnatilish sabablarini tasdiqlashdi. Fuqaro S. aybini inkor etmadi, ammo
da’vogarlarga yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortdi.
Bu holatda kim haq? Sud qanday qaror chiqarishi kerak?
6-sxema.
davlatning vazifasi – har bir
insonning huquq va erkin-
liklarini ta’minlash;
inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro hujjatlar;
gender tengligi;
asosiy huquqlar: shaxsiy, siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy.
Inson va
fuqarolarning
asosiy huquq-
lari, erkinliklari
va burchlari
4-topshiriq
∑
∑
Do'stlaringiz bilan baham: