G. M. Tansikbayeva, V. A


-topshiriq Yodda tuting!


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1-topshiriq
Yodda tuting!


47
Fuqaro hisoblangan shaxs o‘z davlatining hududida ham, xuddi shu-
ningdek, undan tashqarida ham uning muhofazasida va shafeligida bo‘ladi 
hamda fuqaroga nisbatan mustahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan 
to‘laligicha foydalanadi. O‘z navbatida, fuqarolar o‘z davlati qonunlari-
ga rioya etishlari, o‘z fuqarolik burchlari va majburiyatlarini bajarishlari 
shart.
Fuqaro nafaqat saylab qo‘yiladigan organlarga o‘z vakillarini saylashi, 
qolaversa, o‘zi ham ana shu organlarga saylanishi mumkin. Fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo‘lmaydi.
Bordi-yu, armiyada xizmat qilish fuqaro uchun fuqarolik burchi va 
maj 
buriyati sanalsa, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan esa bun-
day maj buriyat qonun bilan tatbiq etilmaydi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs-
lar partiyalar a’zosi ham bo‘la olmaydilar, davlat organlarining rahbarlik 
lavozimlarida ishlolmaydilar, saylovlarda ishtirok etolmaydilar.
Ammo bu qonun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqla rini tah qirlaydi
ularni kamsitishga duchor qiladi degani emas, albatta. Fuqarolar va fuqaro-
ligi bo‘lmagan shaxslar huquqlaridagi bu kabi chegaralab qo‘yish tarixan 
shakllangan bo‘lib, ana shu jihat barcha davlatlar ning qonunlariga xosdir.
Hozirgi davrda o‘zga yurt vakillariga munosabat sezilarli o‘zgardi. 
Bugungi demokratik qonunlar ularga nodo‘stona munosabatda bo‘lishni, 
adovat ko‘rsatishni taqiqlaydi. Chunki ular ham qolgan barcha odamlar sin-
gari bir insondir. Shuning uchun xalqaro hamjamiyat fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar sonini eng kam miqdorgacha qisqartirishga, ularni diskriminatsiya-
dan himoya qilishga intil moqda.
Diskriminatsiya
– jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va 
siyosiy e’tiqodiga ko‘ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini 
noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apat ridlar) – xalq-
aro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquqlardan 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling