G. M. Tansikbayeva, V. A


ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. ERKINLIK VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQI
Bu insonning har bir vaziyatda o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish tutish huquqidir. 
Bunda davlat organlari va jismoniy shaxslar tomonidan uning huquqlarini 
qonunga xilof ravishda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, faqat sudya-
ning sanksiyasi (ruxsatnomasi) qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos 
bo‘lishi mumkin.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda 
qonuniy tar 
tibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u 
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish 
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 26-moddadan.
Asosiy qonun belgilaydi


57
3. SHA’NI, OBRO‘SI VA SHAXSIY HAYOTIGA 
TAJOVUZDAN HIMOYALANISH HUQUQI
Shaxsiy hayot deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga taal-
luqli hamda qonunga xilof ravishda oshkora etilgan taqdirda insonga 
ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan yozishmalar, telefon orqali 
so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa xil bildirishlar, tibbiyot tavsi-
fi dagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.
Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini 
va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi. 
Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qim-
matni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.
4. TURARJOY DAXLSIZLIGI HUQUQI
Тurarjoy daхlsizligi huquqi – inson uchun muhim va u ko‘p 
lab 
хalqaro huquqiy aktlarda mustahkamlangan. 1948-yildagi Inson hu quq lari 
umumdеklaratsiyasining 12-moddasiga muvofi q “hеch kimning turarjoy 
daхlsizligiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (27-modda) ko‘zda 
tutilganidek, davlat organlari ushbu huquqlarga aralashishi mumkin emas. 
Ammo davlat, jamiyat хavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi sog‘ligini 
saqlash yoki boshqa shaхslarning huquqi hamda erkinligi nuqtayi nazaridan 
qonunda bеlgilangan holatlar bundan mustasno.
Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik yashash 
joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turarjoy jumlasiga 
kiradi. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling