G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Turarjoy daxlsizligi
– insonning konstitutsiyaviy shaxsiy huqu-
qidir: hech kim istiqomat qiluvchining xohish-irodasiga qarshi xonado-
niga kirishga haqli emas. Turarjoy tintuvi faqat prokurorning sanksiyasi 
(ruxsatnomasi) yoki sud qarori asosidagina o‘tkazilishi mumkin.
Yodda tuting!


58
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birov ning 
turarjoyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar 
va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 27-moddadan.
Fuqaro M.ning kvartirasiga tеpa qavatdagi qo‘shnisi suv toshirib yubordi. Ko‘p 
suv toshmagani uchun u turarjoy daхlsizligi asosida ta’mirlovchi ustani хonadoniga 
kiritmadi
.
Bu holatda kim haq?
Rasmlarga qarab, bunday holatda insonning qanday huquqlari buzilganligini 
aniqlang. Har bir rasm ostiga nimalar yozish kerakligini taklif qiling.
5. BIR JOYDAN IKKINCHI JOYGA KO‘CHISH VA YASHASH JOYINI 
ERKIN TANLASH HUQUQI
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini erkin tanlash 
huquqi O‘zbekiston hududida qonuniy tarzda bo‘lib turgan har bir odamga 
taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan 
ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Res publikasiga kelish va undan chi-
qib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustas-
nodir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 28-modda.
3-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi
2-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi


59
6. FIKRLASH, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGI HUQUQI
Inson fi kri va e’tiqodi uning xatti-harakatlari asosidir.
So‘z erkinligi
– bu nafaqat o‘z g‘oyalari va qarashlarini og‘zaki tarzda, 
qolaversa, matbuotda, tasviriy san’at asarlarida, badiiy adabiyotda va 
shunga o‘xshash boshqa narsalarda ifodalash imkoniyatidir.
Konstitutsiya fi kr yuritish va so‘z erkinligini ta’minlashni kafolatlash 
bilan birgalikda, mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi yo‘naltirilgan 
har qanday axborot yoki davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni man 
etadi.
Har kim fi krlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi 
istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi 
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgi-
langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa 
sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling