G. M. Tansikbayeva, V. A


MUNOSIB TURMUSH DARAJASI NIMA?


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. MUNOSIB TURMUSH DARAJASI NIMA?
Ammo shunga qaramay, har bir kishi, qanday sharoitda yashashidan 
qat’i nazar, o‘ziga munosib turmush darajasini ta’minlashga intiladi. Hech 
kim qashshoqlikda yashashni, ochidan o‘lib ketishni istamaydi. Har kim 
sivilizatsiya va madaniyat havola etgan barcha ne’matlardan foydalanish-
ni xohlaydi.
Shuning uchun ham davlatning vazifasi barcha odamlar uchun munosi b 
turmush tarzini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Munosib turmush darajasi qanday bo‘lishi lozim? Shubhasiz, ma’lum 
darajada mulkdor bo‘lishni, ish va kasbni erkin tanlash imkoniyatini, dam 
olishdan, zamo 
naviy tibbiyot yutuqlaridan, sifatli ta’limdan, qari 
ganda 
ijtimoiy muhofazadan foydalanishni taqozo etadi.
Inson uchun qaysi huquqlari eng muhim ekanligi xususida ham 
ko‘pdan ko‘p mulohazalar mavjuddir. 
Ba’zilar shaxsiy va siyosiy huquqlar eng muhimi deb hisoblasa, 
boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni shular jumlasiga kiritadi, uchinchi 
birovlar esa insonning sog‘lom muhitda yashash huquqi eng asosiysidir, 
degan fi krga boradi.
2. INSON HUQUQLARIDAN ENG MUHIMI QAYSI BIRI HISOBLANADI?
Tasavvur qiling, Siz – Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo‘lgan inson huquqlari 
to‘g‘risidagi bahs-munozara ishtirokchisisiz. Ushbu munozara ishtirokchilarining 
fi kr-mulohazalarini baholang va xulosa chiqa ring: qaysi huquqlar eng muhimlari?
Birinchi (qatnashchi): Men Konstitutsiyaga faqat shaxsiy va siyosiy 
huquqlar kiritilishi lozim deb hisoblayman. Bular – yashash huquqi, so‘z, 
fi kr, axborot erkinligi, vijdon, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish erkin-


69
ligidir. Biz hozircha mehnat qilish, bilim olish huquqi, hamma uchun 
turarjoy kabi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlashga qodir emasmiz. 
Agar biz bu huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo‘yishga uringudek 
bo‘lsak, unda hukumat fuqaroviy va siyosiy huquqlarga kerakli darajada 
e’tibor berolmaydi.
Ikkinchi: Men bu ta’kidni ma’qullamayman. Eng avvalo, iqtisodiy 
huquqlar ta’minlanishi lozim, deb hisoblayman. Kishilarning, basharti
ularning yeydigan hech vaqosi bo‘lmasa, odamlarning ishi va turarjoyi 
bo‘lmasa, qanaqa siyosiy erkinliklar xususida so‘z borishi mumkin?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling