G. M. Tansikbayeva, V. A


-topshiriq 65 Таklif


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2-topshiriq


65
Таklif
– fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmоаtchilik fаоliyatini tаkоmillаshtirish 
bo‘yichа tаvsiyalаrini ifоdаlоvchi murоjааtlаridir. 
Shikоyat
– fuqаrоlаrning buzilgаn huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy 
mаnfааtlаrini tiklаshni tаlаb qilish to‘g‘risidаgi murоjааtlaridir. 
Мurоjааtnоmаdа fuqаrоning ismi-shаrifi , fаmiliyasi ko‘rsаtilishi, turаr- 
jоyi hаqidа mа’lumоt bo‘lishi, аrizа, tаklif yoki shikоyat mаzmuni bаyon 
qilingаn bo‘lishi kеrаk. Yozmа murоjааtnоmа murоjааt qiluvchining 
imzоsi bilаn tаsdiqlаnаdi. Мurоjааtnоmаni shахsiy imzо bilаn tаsdiqlаsh 
imkоni bo‘lmаgаndа, u boshqa shaxsning imzоsi bilаn tasdiqlanishi mum-
kin. Bunda qo‘shimchа rаvishdа imzo qo‘yuvchi shaxsning familiyasi, ismi 
va otasining ismi ko‘rsаtilgаn bo‘lishi kerak.
2. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA 
FUQAROLAR ISHTIROKI
Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri “Qonun loyiha-
larining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunga (14.12.2000-y., 
o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofi q referendumda ishirok etishdir. Shu kunga 
qadar yoki shu kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar qonun loyihalarining 
umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqiga egadirlar. Fuqarolar 
bunda quyidagilarga haqlidirlar:
– qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish;
– qonun loyihalariga tuzatishlar va taklifl ar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston 
Respub likasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘z bekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, si-
yosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlashmalariga, ommaviy axborot 
vositalariga murojaat qilish;
– deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan 
uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun tash-
kil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, 
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko‘ra qonun loyihalarining umumxalq 
mu hokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va boshqa 
3 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari


66
jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar 
fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi 
dagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik 
palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyihasi 
bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan taklifl ar va tuzatishlar albatta ko‘rib 
chiqilishi shart.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling