65
Таklif
– fuqаrоlаrning dаvlаt vа jаmоаtchilik fаоliyatini
tаkоmillаshtirish
bo‘yichа tаvsiyalаrini ifоdаlоvchi murоjааtlаridir.
Shikоyat
– fuqаrоlаrning buzilgаn huquqlаri, erkinliklаri vа qоnuniy
mаnfааtlаrini tiklаshni tаlаb qilish to‘g‘risidаgi murоjааtlaridir.
Мurоjааtnоmаdа fuqаrоning ismi-shаrifi , fаmiliyasi ko‘rsаtilishi, turаr-
jоyi hаqidа mа’lumоt bo‘lishi, аrizа, tаklif
yoki shikоyat mаzmuni bаyon
qilingаn bo‘lishi kеrаk. Yozmа murоjааtnоmа murоjааt qiluvchining
imzоsi bilаn tаsdiqlаnаdi. Мurоjааtnоmаni shахsiy imzо bilаn tаsdiqlаsh
imkоni bo‘lmаgаndа, u boshqa shaxsning imzоsi bilаn tasdiqlanishi mum-
kin. Bunda qo‘shimchа rаvishdа imzo qo‘yuvchi shaxsning familiyasi, ismi
va otasining ismi ko‘rsаtilgаn bo‘lishi kerak.
2. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA
FUQAROLAR ISHTIROKI
Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri “Qonun loyiha-
larining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi Qonunga (14.12.2000-y.,
o‘zgartirishlar kiritilgan) muvofi q referendumda ishirok etishdir. Shu kunga
qadar yoki shu kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar qonun loyihalarining
umumxalq muhokamasida ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar
bunda quyidagilarga haqlidirlar:
– qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida
erkin ishtirok etish;
– qonun loyihalariga tuzatishlar va taklifl ar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston
Respub likasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘z bekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga,
fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, si-
yosiy partiyalar va boshqa
jamoatchilik birlashmalariga, ommaviy axborot
vositalariga murojaat qilish;
– deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan
uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq
muhokamasi uchun tash-
kil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko‘ra qonun loyihalarining umumxalq
mu hokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy
partiyalar va boshqa
3 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari
66
jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar
fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik
palatasi
dagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyihasi
bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan taklifl ar va tuzatishlar albatta ko‘rib
chiqilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: