G. M. Tansikbayeva, V. A


Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini 
erkin tanlash huquqi
Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi
Vijdon va dinga e’tiqod qilish erkinligi huquqi
Turarjoy daxlsizligi huquqi
Sha’ni, obro‘si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan 
himoyalanish huquqi
4-topshiriq


61
2-vaziyat.
O‘smirlar guruhi tibbiyot institutining tajriba хonasidan kuchuk 
o‘g‘irlashdi. Voqеani tеkshirish davomida shu narsa aniqlandiki, tajriba 
o‘tkazilgandan so‘ng kuchuklar boqilmasligi va parvarishlanmasligidan 
zorlanib akillashlariga bolalar achinishgan.
Axloq va qonun nuqtayi nazaridan o‘smirlar xatti-harakatini qanday baho-
laysiz?
3-vaziyat.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida o‘g‘rilik 
masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga 
jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o‘g‘irlik sodir etgan o‘spiringa 
ko‘zi tushgach, unga qarata haqorat yog‘dira boshladi. Ammo inspektor 
uni to‘xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi 
to‘g‘risida ogohlantirdi.
Sizningcha, inspektor, garchi o‘spirinning aybi aniq bo‘lsa-da, nega uning 
sha’niga haqorat yog‘dirilishini to‘x tatdi?
4-vaziyat.
O‘tgan darsda to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari sport zalida jismoniy tar-
biya darsida bo‘lganlarida, yettinchi sinf o‘quvchilari ularning xonasi-
da o‘tkazilgan darsda o‘tirishgan edi. Shu dars paytida o‘zlarining pul-
lari yo‘qolganini bahona qilib, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari yettinchi sinf 
o‘quvchilarini tintib chiqishdi.
To‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining xatti-harakatlari qonuniymi? Ushbu xatti-
harakatlarga baho bering.
Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Qaysi hollarda insonning qaysi shaxsiy 
huquqlariga putur yetkazilgan?
– Siz konverti ochib ko‘rilgan maktub oldingiz;
– muassasadan chiqayotganda militsiya xodimi sizdan sumka ichidagi-
larni ko‘rsatishni talab qildi;
– vaksinalash (emlash) paytida bolaga gepatit virusini yuqtirishdi;
– o‘quvchi qizning pul turgan hamyoni yo‘qoldi va yonidagi partado-
shiga: “Sen o‘g‘irlagansan, sen o‘g‘risan”, – deb aytdi;
– konduktor chipta olishni rad etgani uchun yo‘lovchini haqorat qildi.
5-topshiriq


62
qonun – shaxsni himoya qilish uchun; 
yashash huquqi; 
erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; 
shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik
turarjoy daxlsizligi; 
qadr-qimmat va obro‘ni himoya qilish; 
vijdon va diniy e’tiqod erkinligi; 
dunyoviy davlat.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling