G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda.
Sizga ma’lummi, ya’ni...
Ishga kirayotgan odamdan avvalo, yoshi haqida so‘raladi, chun-
ki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofi q korxona 
ma’muriyati vo yaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab qabul qilish-
ga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksi, 77-modda) o‘quvchilar 15 yoshdan boshlab o‘qishdan 
bo‘sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga 
joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu 
Asosiy qonun belgilaydi


71
haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi to‘g‘risidagi tib-
biyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjudki
ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpay-
vandchi, shaxtyor, temirchi singari kasb lar. 
O‘quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini 
buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga 
yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga 
jalb etish ham taqiqlanadi. 
Ijtimoiy ta’minot huquqi
O‘zbekistonda munosib turmush darajasini saqlab turish uchun ko‘p 
bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz onalarga va boshqa yolg‘iz 
ki shi larga, shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko‘rinishdagi 
ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining miq-
dori muntazam oshiri b borilmoqda.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, bo-
quvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hol-
larda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlari ning miqdori ras-
man belgilab qo‘yilgan ti 
rikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz 
bo‘lishi mumkin emas.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling