G. M. Tansikbayeva, V. A


KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

KONSTITUTSIYAVIY BURCHLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari nimadan iborat ekanli gini;
– balog‘at yoshiga yetmagan fuqarolarning O‘zbekiston Respub likasi 
qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarli gini;
– huquq va burchlarning uzviy birligini bilib olasiz.
1. Huquq va burchlar birligi.
2. Qonun oldida hamma tengdir.
3. Konstitutsiyaviy burchlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik.


82
1. HUQUQ VA BURCHLAR BIRLIGI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nafaqat O‘zbe 
kiston 
Res publikasi fuqarolarining asosiy huquqlari, qolaversa, ularning burchlari 
ham belgilab berilgan.
Ko‘pchilikka ma’lum bir haqiqat mavjud: “Xuddi huquqlarsiz burch-
lar bo‘lmagani kabi burchlarsiz huquqlar ham bo‘lmaydi”. 
Buni hayotning o‘zi tasdiqlaydi. Jamiyatda yashab, o‘ziga o‘xshaganlar 
bilan muomala qilar ekan, inson mutlaq erkin bo‘la olmaydi, atrofdagi 
odamlarni inobatga olmasligining iloji ham yo‘q.
Bu prinsip har bir fuqaroga taalluqlidir hamda mamlakat Konstitutsiyasi 
va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlardan bo‘yin tovlashga 
hech kim haqli emasligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (11-bob) fuqarolar-
ning quyidagi burchla rini nazarda tutadi:
– Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish (48-modda);
– O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab 
asrash (49-modda);
– atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish (50-modda);
– qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash (51-
modda);
– o‘z mamlakatining himoyachisi bo‘lish, harbiy yoki muqobil xizmatni
o‘tash (52-modda).
Ayni mahalda Konstitutsiyada o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshi-
rishda fuqarolar boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilishlari lozimligi alohida ta’kidlanadi (48-modda).
Konstitutsiyaviy burchlar va qonunlar fuqarolar tomonidan bajarilmagan 
hollarda ma’muriy, fuqaroviy yoki jinoiy javobgarlik kuchga kiradi.
Tasavvur qiling, sizning sinfi ngiz – uncha katta bo‘lmagan jamiyat. Sizningcha, 
agar uning fuqarolari barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishsa-yu, ammo ularning 
biron-bir burchi bo‘lmasa, nima ro‘y beradi?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling