G. M. Tansikbayeva, V. A


QONUN OLDIDA HAMMA TENGDIR


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. QONUN OLDIDA HAMMA TENGDIR
Qonun oldida yalpi tenglik prinsipi ijtimoiy mavqeyi, egallagan mansa-
bi va hokazolardan qat’i nazar davlatning barcha fuqarolariga tatbiq etiladi. 
Topshiriq


83
Biron-bir fuqaro Konstitutsiya bilan belgilangan burchlardan bo‘yin tovla-
masligi yoki ozod etilmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish davlat fuqarolarining eng asosiy 
burchidir.
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajara-
dilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 47-modda.
Tarixiy va madaniy merosni avaylab asrash
O‘zbekiston xalqlarining tarixiy yodgorliklari, madaniy va ma’naviy 
merosi butun xalqning milliy boyligidir. Bu milliy boylik asrlar davomi-
da yaratildi va har birimiz ajdodlarimizning tarixiy va madaniy merosini 
saqlab qolishimiz lozim.
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish zarurati 
Konstitutsiyada (50-modda) va “O‘zbekiston Respublikasi tabiatini muho-
faza qi lish to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z aksini topgan bo‘lib, ular fuqarolar 
zimmasiga quyidagi burchlarni yuklaydi:
– tabiat resurslaridan omilkorona foydalanish;
– tabiat boyliklarini asrab-avaylash;
– tabiat obyektlari bilan bog‘liq bo‘lgan madaniy merosni saqlab qolish.
Bugungi kunda inson hayoti uchun tabiatni yo‘q qilish, havo, yer va 
suvni ifl oslantirishdan ko‘ra katta xavf-xatar yo‘q. Tabiatni qutqarar ekan-
miz, biz o‘z-o‘zimizni halokatdan xalos etamiz.
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini 
avaylab asrashga majburdirlar. 
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 49-modda.
Asosiy qonun belgilaydi

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling