G. M. Tansikbayeva, V. A


“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofi q


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

“Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofi q:
– har bir fuqaro mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakati 
yoki harakatsizligi ustidan yuqori organga shikoyat qi lishga haqlidir;
– agar fuqaro sudning qaroridan qanoatlanmasa, uning ustidan shikoyat 
qilishga haqlidir.


78
3. INSON HUQUQLARI BO‘YICHA MILLIY INSTITUTLAR 
O‘zbekistonning mustaqil rivojlanish yillarida inson huquqlarini hi-
moya qilish bo‘yicha inson huquqlari himoyasi mexanizmini kengayti-
rishga yo‘naltirilgan yangi milliy institutlar tashkil qilindi. Ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
– Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – 
Ombudsman;
– Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun 
-
c hilik hujjatlari monitoringi instituti.
Ombudsman
Inson huquqlari bo‘yicha Vakillik instituti – Ombudsman 1995-yilda 
qonun chiqa ruvchi hokimiyat tizimida, ya’ni Oliy Majlis huzurida tash-
kil qilingan bo‘lib, sudlovchi sanalmaydi. Ombudsman davlat organlari 
tomonidan inson huquqla riga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini 
amalga oshiradi.
Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish-
lar holatini o‘rganish;
– inson huquqlari buzilishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish 
bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
– insonning buzilgan huquqlarini tiklash uchun aniq chora-tadbirlar 
ko‘rish.
Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya eti-
lishi bo‘yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o‘z nomiga 
kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir ki-
shi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) 
Ombudsmanga faqat himoyaning boshqa barcha vositalaridan (sudga, 
prokura turaga va boshqalarga murojaat qilishdan) foydalangandan keyingina 
murojaat qilishi mumkin. Fakt tasdiqlangan taqdirda Ombudsman huquqbu-
zarlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotga o‘z xulosasi bilan murojaat qiladi. 
Ombudsman xulosasi tavsiyaviy xarakterga ega. Xulosa e’tiborga olin-
masa, Ombudsman o‘zi ning yillik ma’ruzasida bu haqda Oliy Majlis depu-
tatlari va senatorlariga ma’lum qiladi.


79
Ombudsmanga shikoyat yozma ravishda barcha zarur hujjatlar (o‘z 
shikoyatiga boshqa tashkilotlarning javoblari, sud qarori, hukmi va 
hokazolar)ni ilova qilgan holda beriladi.
Shikoyatni ko‘rib chiqish uchun o‘n kunlik muddat belgilanadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling