G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 44-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 44-modda.
Ushbu huquq malakali yuridik yordamga muhtoj bo‘lgan har bir odam 
advokatga murojaat qilib, ana shunday yordamdan foydalanishi mumkinligini 
nazarda tutadi. Biron-bir vaziyatda, hatto agar jinoiy ishda ayblangan taqdirda 
ham, insonga yordam berishni rad etishga hech kimning haqqi yo‘q.
Davlatimizda voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz 
keksalar alohida himoyadadir.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning 
huquqlari davlat himoyasidadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 45-modda.
Asosiy qonun belgilaydi
Asosiy qonun belgilaydi


77
2. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI
Demokratik davlatda inson huquqlarini himoya qilishning ishonchli 
mexanizmi zarur. Bunday mexanizm huquqlarning ro‘yobga chiqarilishi us-
tidan nazorat (monitoring) qilinishini amalga oshiradi.
Bunday mexanizm mamlakatimizda ham mavjud. U nafaqat davlat or-
ganlari orqali, balki shunday jamoat birlashmalari orqali, masalan, kasaba 
uyushmalari, advokaturalar va huquqni himoya qilish tashkilotlari orqali 
ham ifoda etilgan.
Himoya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– odil sudlovni amalga oshiruvchi sud organlari;
– qonunlar aniq-raso ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshi ruvchi 
hamda inson erkinliklari va huquqlarini himoya qiluv 
chi prokuratura 
organla ri;
– huquq-tartibotni ta’minlash va fuqarolar huquqlarini muhofaza qilish 
bo‘yicha majburiyatlarni bajaruvchi Ichki ishlar vazirligi organlari;
– fuqarolarga ularning huquqlari himoyasida yuridik yordam ko‘rsa-
tuvchi advokatura;
– huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va kasaba uyushmalari.
Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi 
ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin sud himoya-
siga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin. 
Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli har 
qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.
Sudya konkret ishlarni hal qilayotganda xolis bo‘lishi, ya’ni o‘zining 
shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi, poraga sotilmasligi 
lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud 
faoliyatiga ara lashishga haqli emas.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling