77
2. INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI
Demokratik davlatda inson huquqlarini himoya qilishning ishonchli
mexanizmi zarur. Bunday mexanizm huquqlarning ro‘yobga chiqarilishi us-
tidan nazorat
(monitoring) qilinishini amalga oshiradi.
Bunday mexanizm mamlakatimizda ham mavjud.
U nafaqat davlat or-
ganlari orqali, balki shunday jamoat birlashmalari orqali, masalan, kasaba
uyushmalari, advokaturalar va huquqni himoya qilish tashkilotlari orqali
ham ifoda etilgan.
Himoya tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– odil sudlovni amalga
oshiruvchi sud organlari;
– qonunlar aniq-raso ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshi ruvchi
hamda inson erkinliklari va huquqlarini himoya qiluv
chi prokuratura
organla ri;
– huquq-tartibotni ta’minlash va fuqarolar
huquqlarini muhofaza qilish
bo‘yicha majburiyatlarni bajaruvchi Ichki ishlar vazirligi organlari;
– fuqarolarga ularning huquqlari himoyasida yuridik yordam ko‘rsa-
tuvchi advokatura;
– huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va kasaba uyushmalari.
Huquqiy davlatda inson huquqlariga rioya etilishini kafolatlovchi
ko‘pgina usullar mavjud bo‘ladi. Ular orasida alohida o‘rin
sud himoya-
siga tegishlidir. Bu himoya shaklidan har bir odam foydalanishi mumkin.
Buning uchun sudga sud muhokamasi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi
ariza bilan murojaat qilish kifoyadir.
Huquqiy davlatda sud mustaqil odil sudlov organi bo‘lgani tufayli har
qanday bahsli ishni hal qiluvchi sudya faqat qonunga bo‘ysunadi.
Sudya konkret ishlarni hal qilayotganda xolis bo‘lishi, ya’ni o‘zining
shaxsiy simpatiya va antipatiyasidan baland turishi,
poraga sotilmasligi
lozim. Hech kim, hattoki, hokimiyat va oliy boshqaruv organlari ham sud
faoliyatiga ara lashishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: