G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda.
Asosiy qonun belgilaydi


72
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
Malakali tibbiy xizmatdan foydala-
nish huquqi har bir odamga havola etil-
gan. Mamlakatda aholi bepul davolana-
digan davlat tibbiyot muassasalari 
ning 
salmoqli miqdori mavjud.
Keyingi vaqtlarda bir talay xo‘-
jalik hisobidagi, shuningdek, pullik 
poli 
klinikalar va shifoxonalar paydo 
bo‘ldiki, qayerda davolanishni tanlash 
imkoniyati ham yaratildi.
Sog‘lom avlod – millat salomatligi garovidir. Keyingi vaqtlarda mam-
lakatda “Sog‘lom avlod uchun” singari turli davlat dasturlari hamda faoli-
yati yosh avlod salo matligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan jamoat bir-
lashmalari tashkil etildi.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 40-modda.
Bilim olish huquqi
O‘zbekiston Respublikasida har bir odam bilim olish huquqiga ega-
dir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish 
imkoni yati mavjud. Bu narsa mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolat-
langandir.
Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. 
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga 
muvofi q mamlakatda quyidagi ta’lim turlari belgilangan: maktabgacha 
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim (1–9-sinfl ar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
Asosiy qonun belgilaydi
Asosiy qonun belgilaydi


73
(akademik li tsey yoki kasb-hunar kollejlari, ta’lim muddati – 3 yil), oliy 
ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qay-
ta tay yorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bilim ham tovarga aylanishi sababli 
ta’limning roli ham o‘zgarib boradi.
1-vaziyat.  
Ko‘plar har bir odam uchun majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar 
ta’limi shart emas, umumiy o‘rta ta’lim ham kifoyadir, deb hisob lashadi. Go‘yo, hech 
qanday ma’lumotsiz ham binoyidek ishlab pul topish mumkin emish. Siz bunga qanday 
qaraysiz?
2-vaziyat.
Kimda bilim ko‘p bo‘lsa, egallagan bilimini hayotda qo‘llay olsa, unga 
talabgor ko‘proq bo‘ladi va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari ko‘p bo‘ladi, degan 
fi krni ma’qullaysizmi?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling