G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Uchinchi: Bularning hammasi to‘g‘ri, ammo siz davlat hammani ish 
bilan ta’minlay oladi, deb hisoblaysizmi? Menimcha, buning imkoni yo‘q.
To‘rtinchi: Fikrimcha, iqtisodiy huquqlarni kafolatlash mushkuldir. 
Ammo hukumat kam ta’minlanganlarga (pensionerlar, mehnat layoqatini 
yo‘qotganlar va hokazolarga) imtiyozlar berishga majburdir.
Beshinchi: Men har bir odam o‘zi va o‘z yaqinlari hayot kechirishi 
uchun zarur ehtiyojni davlatning yordamisiz ishlab topishi kerak, deb 
hisoblayman. Davlat esa bor kuch-g‘ayratini atrof-muhit muhofazasiga 
qaratishi lozim.
Ushbu muhokamada qancha har xil qarashlar bayon etildi? Qaysi fi kr-muloha-
zalar, argumentlar Sizga ancha ishonarli tuyuldi? Nega? Ushbu muammoni hal etish 
yo‘li borasida o‘z fi kringizni bildiring.
Bahs yuritish barcha huquqlar inson uchun nechog‘liq muhim ekan-
ligini, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini, biri boshqasini qay yo‘sinda 
to‘ldirishini ko‘rsatadi.
Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan qan-
day ajratib olish mumkin? O‘z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquq 
lar 
sog‘lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butun-
lay tushunarli, negaki ijtimoiy himoya qilinmagan inson o‘zining siyosiy, iqti-
sodiy va boshqa huquqlarini ro‘yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir.
Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog‘liqligi shundan 
iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, 
insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki 
vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijobiy 
yoki salbiy) ko‘rsatadi.
1-topshiriq


70
Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini 
erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har 
bir odam mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi. 
Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, unda hech kim bu mol-
mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o‘ziga 
ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o‘z mulkini 
qandaydir bir ishga sarfl ab ko‘paytirish, ya’ni o‘ziga tanish faoliyat so-
hasida serg‘ayratlik namoyish etish imkoniyati bo‘ladi.
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb 
tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish 
huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi, 
ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib to-
pishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburi yatlarini yuklaydi.
Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga 
kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd 
etilga n.
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat 
sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoya-
lanish huquqiga egadir.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda 
ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling