G. M. Tansikbayeva, V. A


-vaziyat. Nima deb o‘ylaysiz, maktabni tugatgach, qaysi fanlar ko‘proq asqatadi? 2-topshiriq


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3-vaziyat.
Nima deb o‘ylaysiz, maktabni tugatgach, qaysi fanlar ko‘proq asqatadi?
2-topshiriq


74
Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat 
yutuqlaridan foydalanish huquqi
Konstitutsiyaning 42-moddasida shunday yozilgan: har kimga ilmiy va 
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafo-
latlanadi. Davlat jami yatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga 
g‘amxo‘rlik qiladi.
Mazkur huquqlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra bilim olish huquqiga 
juda yaqin, negaki ta’lim, madaniyat, ilmiy-texnikaviy yuksalish o‘zaro 
bog‘liq tushunchalardir. Bu huquqlar madaniyat va fan boyliklari ochiqli-
gi bilan ta’
minlanadi. Har kim muzey, teatr, madaniy va ilmiy-texnikaviy 
mar kaz larga tashrif buyurishi, kutubxona, radio va televideniya xizmatidan 
foydalanishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarga putur yetkazilishiga doir sahna ko‘rinish 
larini 
tayyorlang va namoyish qiling. Qanday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganini aniq-
lang. Bu huquqlarni himoya qilish uchun nima qilmoq kerak?
3. KASB QANDAY TANLANADI?
 
Hadеmay siz ham kasb tanlash muammosiga duch kеlasiz. Hayotda o‘z 
o‘rningizni topishingiz, kasbdan qoniqish hosil qilish uni qanchalik oqilona 
tanlay bilishingizga bog‘liq. Kasblar haqida qayеrdan ma’lumot olish mum-
kin?
1. Maktab o‘qituvchilaridan. Ular sizga u yoki bu kasblarning o‘ziga 
хos tomonlari haqida so‘zlab bеrishadi.
2. Оmmaviy aхborot vositalaridan. Rеspublikamizda хizmat ko‘rsatgan 
taniqli kishilarning o‘z kasblari haqida so‘zlab bеrgan maqolalarini o‘qing. 
Тurli kasblarga bag‘ishlangan tеlеvizion ko‘rsatuvlarga e’tibor bеring.
3. Оta-onalardan. Ko‘p hollarda ular sizni o‘zingizdan yaхshiroq bili-
shadi va yomon maslahat bеrishmaydi. Biroq shuni nazarda tutingki, kela-
jakda ota-onangiz emas, siz ishlaysiz.
4. Eng muhimi, bu borada baribir yakuniy qarorni o‘zingiz chiqarishi-
ngizni esdan chiqarmang. O‘zingizdagi oz bo‘lsa-da, hayotiy tajribangizga 
tayaning. Fе’l-atvoringiz, qiziqishlaringizni hisobga olgan holda, o‘zingizga 
yoqadigan kasbni tanlang.
3-topshiriq


75
davlatning vazifasi – aholi turmushini munosib darajada 
ta’minlash;
mulkdor bo‘lish huquqi;
mehnat qilish va dam olish huquqi;
ishga qabul qilish – 16 yoshdan, 15 yoshdan ham yo‘l 
qo‘yiladi; 
ijtimoiy ta’minot olish huquqi;
malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
bilim olish huquqi;
ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling