G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi


84
Vatan himoyasi
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Vatan himoyachisi 
bo‘ lish mamlakat har bir fuqarosining burchi, deb e’lon qilingan (52-modda). 
12.12.2002-yildagi (o‘zgartirishlar kiritilgan) “Umumiy harbiy majburiyat 
va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga muvofi q o‘z Vatanini himoya qi-
lish burchi fuqarolar tomonidan harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash yo‘li 
bilan bajariladi.
Muqobil xizmat odatda xalq xo‘jaligi korxonalarida malaka talab qilin-
maydigan ishlarni bajarishga jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Ayollar tinch davrda harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
O‘zbekistonda doimiy yoki vaqtincha yashab turgan boshqa davlatlar 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harbiy xizmatni ado etmaydilar 
hamda mamlakat o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tmaydilar.
Muddatli harbiy xizmatga salomatligi holatiga ko‘ra harbiy xizmatga 
yaroqli, chaqiruv kunida 18 yoshga to‘lgan erkaklar chaqiriladi. 1993-yilda 
14-yanvar kuni bizning davlatimizda Vatan himoyachilari kuni deb e’lon 
qilingan.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbe kiston Respublikasi 
har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda har-
biy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 52-modda.


85
Ta’lim olish – voyaga yetmagan fuqarolarning 
asosiy majburiyati
Voyaga yetmagan mamlakat fuqarolarining asosiy burchlaridan biri 
umumiy o‘rta ta’lim olishdan iborat. Maktabda to‘qqiz yillik ta‘lim olgan-
dan keyin o‘quvchilar akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida yoki boshqa 
ixtisos lashtirilgan o‘quv muassasalarida ta’limni davom ettiradilar. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofi q har kim ta’lim 
olish huquqiga ega va har kimning bepul umumiy ta’lim olishi kafolatlanadi.
Hozirgi kunda respublikamizda 50 dan ortiq oliy o‘quv yurti, 1500 dan 
ortiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi, 10 mingga yaqin umumiy 
o‘rta ta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning butun kuch-g‘ayrati 
ta’lim oluvchilar har tomonlama kamol topgan, yuksak umumiy madaniyat 
saviyasiga ega ijodkor shaxslar bo‘lishiga qaratilgan.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling