G. M. Tansikbayeva, V. A


Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy markazi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi 
1996-yil 31-oktabrda ijroiya hokimiyati tizimi tarkibida tashkil qilingan. U 
mamlakatda huquqni himoya qilish faoliyatini tashkil etuvchi davlat tash-
kiloti hisoblanadi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy marka-
zining vazifalari:
– inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;
– bu sohadagi ishlar milliy dasturini ishlab chiqish;
– inson huquqlarini himoya qilishning suddan tashqari tizimini tashkil 
etishga ko‘mak berish;
– inson huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga tavsiyalar bilan murojaat qilish;
– inson huquqlari buzilishlari to‘g‘risidagi shaxsiy shikoyat va arizalar-
ni ko‘rib chiqish.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi 
qonunchilikni monitoring qilish instituti
Mazkur institut O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2005-yil 
2-aprеldagi Farmoyishi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u ilmiy-tadqiqot 
ekspеrt muassasasi hisoblanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 
Farmoyishiga muvofi q 2011-yil 4-maydan boshlab institut zimmasiga 
qonun ijodkorligi faoliyatini, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini 
takomillashtirish, shuningdеk, dеmokratik islohotlarni chuqurlashtirish 
hamda mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan 
Yodda tuting!


80
qonun loyihalari ekspеrtizasini o‘tkazish va taklifl arni ishlab chiqish so-
hasida yangi vazifalar hamda funksiyalar yuklatib qo‘yilgan.
Institutning asosiy vazifasi – qonun loyihalarini har tomonlama huquqiy 
ekspеrt qilish, qonunchilik hujjatlari loyihalarini barcha bosqichlar bo‘yicha 
ko‘rib chiqish va qabul qilishda chuqur asoslangan ekspеrt baholarini va 
хulosalarini tayyorlash.
Tasavvur qiling, siz kimyo kombinati joylashgan shaharda yashaysiz. 
Mazkur korxona bir necha yillar davomida ishlab kelayotir. Ana shu davr 
davomida aholi o‘rtasida yurak-tomir va o‘pka kasalliklari ko‘paydi. Aholi 
salomatligi ahvolini mufassal tekshirish natijasida kasallikning ko‘payib 
bo 
rishi atrof-muhitning ifl oslantirilishi bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. 
Korxona ma’muriyati tozalash inshootlarini o‘rnatish borasidagi va’dasini 
bajarmayapti.
Jamoatchilik ushbu muammoni qanday hal qilishi mumkin? Ushbu holda qanday 
harakatlar samarali bo‘ladi?
Quyidagi vaziyatlarda inson huquqlarini himoya qilishning qaysi me 
xa 
nizm-
laridan foydalanish mumkin?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling