G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Jamoat birlashmalari mushtarak manfaat asosida fuqarolarning o‘z 
xohishlari natijasida vujudga kelgan tuzilmadir. 
Jamoat birlashmalari quyidagi shakllarda bo‘ladi: jamoat tashkilotlari, 
ommaviy harakatlar, jamoat jamg‘armalari va boshqa nohukumat muassasa-
lar.
O‘zbekiston Respublikasida shunday jamoat tashkilotlari bor, jumla-
dan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro 
jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Sen yolg‘iz emassan” 
Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi, “Nuroniy” faxriylar Kengashi
“Mahalla” jamg‘armasi va boshqalar. 
Jadvalni to‘ldiring.
1-topshiriq
2-topshiriq
 
Jamoat birlashmalarining turlari 
Nomi
Kasaba uyushmalari 
Siyosiy partiyalar 
Faxriylar tashkiloti 
Ijodiy uyushmalar 
Jamoatchilik xayriya jamg‘armalari 
Ayollar, yoshlar, bolalar tashkilotlari
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy 
partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakat-
larda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 34-moddadan.
Asosiy qonun belgilaydi


90
O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, 
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, omma-
viy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari 
sifatida e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 56-modda.
2. JAMOAT BIRLASHMALARINI TUZISH VA FAOLIYATINI 
YURITISH PRINSIPLARI
Davlat tashkilotlari bilan bir qatorda mamlakatning mehnat qilayotgan 
aholisi huquqlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari yurtimizdagi eng 
ommaviy jamoat birlashmalari hisoblanadi. Bugungi kunda kasaba uyush-
malari tashkilotlari davlat boshqaruv organ 
laridan mustaqildirlar hamda 
faqat xodimlar va jamoa manfaatlari uchun faoliyat ko‘rsatadilar.
8-sxema.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling