G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi
Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va 
manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba tashkilotlariga a’zo 
bo‘lish ixti yoriydir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 59-modda.
Davlat bilan jamoat birlashmalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qo-
nun hujjatlari bilan quyidagi prinsiplar belgilangan:
JAMOAT BIRLASHMALARINI TUZISH VA 
FAOLIYATINI YURITISH PRINSIPLARI
Ixtiyoriylik
O‘zini o‘zi boshqarish
Tenghuquqlilik
Qonuniylik
Oshkoralik
Asosiy qonun belgilaydi


91
Davlat
Jamoat birlashmalari
Jamoat birlashmalarining huquq va 
qonuniy manfaatlari rioya qilinishi-
ni ta’minlaydi.
Davlat organlari va mansabdor 
shaxs lar faoli yatlariga aralashish-
ga yo‘l qo‘yilmaydi.
Konstitutsiyaga muvofi q bo‘lgan, 
ularning ustavida nazarda tutilgan 
vazifalarni bajarishi uchun sharoit 
yaratib berilishini kafolatlaydi.
Jamoat birlashmalarining tadbir-
lari, asosan, ishtirokchilarning 
ish vaqtidan tashqari paytda shu 
birlashmaning mablag‘lari hiso-
bidan o‘tkaziladi. 
Qonunda ko‘zda tutilgan hollardan 
tashqari davlat organlari va man-
sabdor shaxslarning jamoat birlash-
malari faoliyatiga aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Jamoat birlashmalari manfaatiga 
taalluqli masalalar davlat organ-
lari tomonidan tegishli jamo-
atchilik birlashmasi ishtirokida 
yoki ular bilan kelishilgan holda 
yechiladi.
Barcha jamoat birlashmalari o‘z ustavlari asosida va O‘zbekiston Res-
publikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida ish ko‘radilar.
Mafkuraviy plyura lizmning muhim qoidalaridan biri dunyoviy xarak-
terni davlatimiz tomonidan e’tirof etilishidir. Bu narsa biron-bir din dav-
lat dini yoki majburiy diniy e’tiqod sifatida o‘rnatila olinmasligini, diniy 
tashkilotlar davlatdan ajratilganini va ular qonun oldida teng ekanligini 
anglatadi.
Ayni mahalda davlat jamoat birlashmalari qaysi maqsadlarda ish 
ko‘rayotganiga ham befarq emas.
Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib 
qo‘yuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqa-
rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning 
sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qi luvchi, shu ningdek, harbiylashtirilgan 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling