G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Asosiy qonun belgilaydi


92
birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda 
jamoat birlashmala rining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfi y jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-moddadan.
3. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (67-modda) va O‘zbe -
kiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonu-
niga muvofi q har bir fuqaroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, tele-
videniyeda va boshqa ommaviy axborot vositala rida chiqish, o‘z fi kri va 
e’tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofi q ishlaydi. Ular 
axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 67-moddadan.
Senzura
– mafkura jihatdan zararli hisoblangan maqolalarni taqiq-
lash maqsadida gazetalar, jurnallar va boshqa nashrlarning chop etish 
oldidan ko‘zdan kechirilishi.
Asosiy qonun belgilaydi
Yodda tuting!


93
Har kim haqida uning roziligisiz axborot yig‘ish, saqlash va foydala-
nish taqiqlangan. Faqat qonunda belgilangan hollar bundan mustasnodir.
Agar ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri bo‘lgan, shuningdek, 
inson qadr-qimmati va obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar e’lon qilin-
gan bo‘lsa, u holda ana shu ma’lumotlarni chop etgan nashrda bunday 
ma’lumotlar uchun raddiya berishga haqlidir.
Sizningcha, odamlar o‘zlari xohlagan hamma narsalarni e’lon qilish imkoni-
yatiga ega bo‘lishi kerakmi? Ommaviy axborot vositalarida e’lon qili nishi lozim 
va e’lon qilinmasligi shart bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tu zing.
O‘z faoliyatida odamlarni uning xatti-harakatlariga qarshi yo‘naltirgan 
ba’zi bir gazetalarni hukumat ma’lum vaqt yopib qo‘yadi.
Sizningcha, bu inson huquqlari buzilishimi? Kelajakda davlat boshlig‘i o‘rnida 
bo‘lib qolsangiz, qanday ish tutgan bo‘lardingiz?
Jamiyat va har bir odamning axborot olishi – iqtisodiy va ma’naviy 
yuksalish garovidir. Ammo soxtalashtirilgan, jamoat 
chilik fi kri shakllan-
masligi uchun axborot tarqatish davlat yoki bir guruh shaxslarning mono-
poliyasi bo‘lib qolmasligi lozim.
Demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy shartlaridan 
biri – matbuot va axborot erkinligidir. Ammo so‘z va matbuot erkinligi 
mutlaq bo‘la olmaydi. Chunki televizor ekranida yangragan, gazetada 
e’lon qilingan axborotni millionlab odamlar eshitadi, o‘qiydi. Agar 
ma’lum bir shaxs, korxona, ishlab chiqarish tarmog‘i haqida yang-
lish ma’lumotlar aytilsa, bu bilan ularning nufuziga putur yetkaziladi, 
huquqlari buziladi. Bo‘hton ma’lumotlar, zo‘ravonlik xatti-harakatlariga 
da’vat etish va boshqa xatti-harakatlar uchun ularni e’lon qilgan om-
maviy axborot vositalari amaldagi qonunga muvofiq sud javobgarligiga 
tortiladi.
Sizningcha, mustaqil matbuot mavjud bo‘la oladimi?
Gazetalardan qaysilarini muntazam o‘qib borasiz?
Diqqatingizni jalb etishi va uni muntazam o‘qib bo rishingiz uchun, sizningcha, 
gazeta qanday bo‘lishi lozim?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling