G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

84-mоddа. Qаmоq.
Qаmоq bir оydаn uch оygаchа muddаtgа tаyinlаnаdi.
85-mоddа. Оzоdlikdаn mаhrum qilish.
Vоyagа yеtmаgаnlаrgа nisbаtаn оzоdlikdаn mаhrum qilish jаzоsi оlti оydаn 
o‘n yilgаchа muddаtgа tаyinlаnаdi, ushbu Kоdеks 86-mоddаsining ikkinchi, 
uchinchi vа to‘rtinchi qismlаridа nаzаrdа tutilgаn hоllаr bundаn mustаsnо.
Оzоdlikdаn mаhrum qilish jinоyat sоdir etish pаytidа o‘n uch yoshdаn 
o‘n оlti yoshgаchа bo‘lgаn shахslаrgа nisbаtаn: b) оg‘ir jinоyat uchun – 
оlti yilgаchа; d) o‘tа оg‘ir jinоyat uchun – o‘n yilgаchа muddаtgа tаyin-
lаnаdi.
Оzоdlikdаn mаhrum qilish jinоyat sоdir etish pаytidа o‘n оlti yoshdаn o‘n 
sаkkiz yoshgаchа bo‘lgаn shахslаrgа nisbаtаn: a) оg‘ir jinоyat uchun – yеtti 
yilgаchа; b) o‘tа оg‘ir jinоyat uchun – o‘n yilgаchа muddаtgа tаyinlаnаdi.
Normativ hujjat


88
III bo‘lim
JAMIYAT VA SHAXS
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga 
oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jami-
yatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkin-
liklariga putur yetkazmasliklari shart.
O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 20-modda.
13-§. JAMOAT BIRLASHMALARI VA OMMAVIY AXBOROT
VOSITALARI FAOLIYATI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– demokratik davlatdagi mafkuraviy va siyosiy qarashlar xilma-xilli-
gini;
– demokratiyaning tarkib toptiruvchi qismi sifatida jamoat birlashma-
lari ning faoliyatini;
– ommaviy axborot vositalarining faoliyat prinsiplarini bilib olasiz.
1. Jamoat birlashmalari nima uchun kerak?
2. Jamoat birlashmalarini tuzish va faoliyatini yuritish prinsiplari.
3. Ommaviy axborot vositalari.
1. JAMOAT BIRLASHMALARI NIMA UCHUN KERAK?
Jamoat birlashmalari – bu, o‘z manfaatlari va istaklari, o‘z qobiliyat-
lari va iqtidorlarini namoyish qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda turli 
guruhl arga birlashish yo‘li bilan jamoat hayotida ishtirok etish uchun mam-
lakat aholisi birlashmalarning amalda paydo bo‘lishi. 
Sizningcha, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalari dav-
latga nima uchun kerak? Kishilarning turli guruhlari, partiyalar va omma-
viy harakatlar ning jamiyat hayotidagi ishtiroki qanchalik muhim?


89
O‘zbekiston Respublikasidagi qaysi jamoat birlashmalari fao 
li 
yati to‘g‘risida 
eshitganingizni, gazetalarda o‘qiganingizni eslang. 

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling