G. M. Tansikbayeva, V. A


YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3. YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI
 
Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z fi krlari va 
o‘z qarashla rini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rahbari-
yatiga xalqning fi kri haqida axborot yetkazib turish uchun ham zarur. Bu 
narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishlantirayotgan muam-
molarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
Miting
– bu ma’lum bir shaхslar va tashkilotlarning xatti-harakatlari
ijtimoiy-siyosiy voqеalarga nisbatan munosabatini oshkora ifodalash maqsa-
didagi fuqarolarning tinch yig‘ini.
Namoyish
 – bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi om-
maviy yurish.
Yig‘ilish
– bu biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo‘lib 
birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki.
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Res publikasi qonunlari-
ga muvofi q mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish 
huquqiga ega dirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridan-
gina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 33-modda.
Jamoatchilik birlashmalarini tashkil etish huquqi fuqarolarga ularning 
manfaatlari va mayllariga mos keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanish imkoni-
yatini beradi. Masalan, jamoatchilik tashkilotlarining a’zolari inson huquq 
va erkinliklari masalalari bilan shug‘ullanadi, xayriya tashkilotlari esa eng 
ehtiyojmand kishilarga moddiy yordam uyushtiradilar.
Asosiy qonun belgilaydi


67
Siyosiy huquqlar
maqsad – o‘z fi kri va e’tiqodini ifodalash; 
davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi
yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi; 
siyosiy partiya, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat 
birlashmalariga birlashish huquqi;
davlat organlariga arizalar, iltimosnomalar va shikoyatlar bilan 
murojaat qilish huquqi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling