G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. YASHASH HUQUQI
Mamlakatda demokratiyaning mavjudligini aniqlaydigan insonning eng 
muhim shaxsiy huquqi – bu yashash huquqidir.
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga 
suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 24-modda.
1-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi
Davlat va jamiyatning asosiy burchi – ana shu huquqni qo‘l ostidagi 
barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqni ro‘yobga chiqarish davlat 


56
va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog‘lom yashash 
huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog‘liq. 
Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:
a) xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urushdan va unda qat-
nashishdan voz kechish;
b) atrof-muhitni muhofaza qilish;
d) qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashning alohida tartibini bel-
gilash;
e) ochiq va malakali tibbiy yordam olish imkonini yaratish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi da 
o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi 2005-yil 1-avgustdagi Far mo niga 
muvofi q va insonning umumjahon tomonidan tan olingan yashash huquqi 
prinsiplari, normalari hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni libe-
rallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: 
“2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida 
o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq mud-
datga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin”.
2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi da jinoyat sodir etgan-
ligi uchun jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling