56
va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog‘lom yashash
huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog‘liq.
Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:
a) xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urushdan va unda qat-
nashishdan
voz kechish;
b) atrof-muhitni muhofaza qilish;
d) qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashning alohida tartibini bel-
gilash;
e) ochiq va malakali tibbiy yordam olish imkonini yaratish.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi da
o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi 2005-yil 1-avgustdagi Far mo niga
muvofi q va insonning umumjahon tomonidan
tan olingan yashash huquqi
prinsiplari, normalari hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
qoidalaridan kelib chiqqan holda,
shuningdek, jinoiy javobgarlikni libe-
rallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
“2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida
o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq mud-
datga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin”.
2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi da jinoyat sodir etgan-
ligi uchun jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: