57
3. SHA’NI, OBRO‘SI VA SHAXSIY HAYOTIGA
TAJOVUZDAN HIMOYALANISH HUQUQI
Shaxsiy hayot deyilganda istisno tariqasida
ayni shu kishiga taal-
luqli hamda qonunga xilof ravishda oshkora etilgan taqdirda insonga
ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan yozishmalar,
telefon orqali
so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa xil bildirishlar, tibbiyot tavsi-
fi dagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.
Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson
uchun uning qadr-qimmatini
va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi.
Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qim-
matni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.
4. TURARJOY DAXLSIZLIGI HUQUQI
Тurarjoy daхlsizligi huquqi – inson uchun muhim va u ko‘p
lab
хalqaro huquqiy aktlarda mustahkamlangan. 1948-yildagi Inson hu quq lari
umumdеklaratsiyasining 12-moddasiga muvofi q “hеch kimning turarjoy
daхlsizligiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi mumkin emas”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (27-modda) ko‘zda
tutilganidek, davlat organlari ushbu huquqlarga aralashishi mumkin emas.
Ammo davlat,
jamiyat хavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi sog‘ligini
saqlash yoki boshqa shaхslarning huquqi hamda erkinligi nuqtayi nazaridan
qonunda bеlgilangan holatlar bundan mustasno.
Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy
yoki vaqtinchalik yashash
joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turarjoy jumlasiga
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: