G. M. Tansikbayeva, V. A


Yakkа tаrtibdаgi (individuаl) mаqоm


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Yakkа tаrtibdаgi (individuаl) mаqоm
– jinsi, yoshi, оilаviy hоlаti, 
lаvоzimi, stаji vа hokazоlаrgа ko‘rа аlоhidа shахsning аniq huquq vа 
mаjburiyatlаrini ifоdаlаydi.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘r-
natiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 21-moddadan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘xtati li shi uchu n quyidagilar 
asos bo‘lishi mumkin:
– хorijiy davlatning harbiy хizmatiga, хavfsizlik хizmati organlariga
politsiyasiga, yustitsiya organlariga yoki xorijiy davlat hokimiyatining 
boshqa organlariga qabul qilinishi oqibatida;
– agar chеt davlatda doimiy yashovchi shaхs 5 yil davomida uzrli 
sababsiz konsullik qayd etish ro‘yхatiga kiritilmagan bo‘lsa;
Asosiy qonun belgilaydi


52

agar O‘zbеkiston Rеspublikasi fuqaroligiga o‘tishda yolg‘on ma’-
lu motlarni yoki soхta hujjatlarni taqdim etish natijasida o‘zlashtirilgan 
bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolikni qayta 
tiklash va fuqarolikdan chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni bilan rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston fuqaroligi masalalari bo‘yicha qarorlar ijrosi ustidan na-
zorat Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari bo‘yicha komissiya to-
monidan amalga oshiriladi.
Mansabdor shaxslarning fuqarolik masalalariga doir arizalarni qabul qi-
lishdagi asossiz rad javobi va boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari usti-
dan yuqori mansabdor shaxsga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va qo‘yilgan savollarga javob bering.
1-vaziyat.
Poytaxt shifoxonalaridan biridan uncha uzoq bo‘lmagan joydan gul 
butasi ostiga kimdir tashlab ketgan chaqaloq topib olindi. Bolaning kimli-
gini aniqlash uchun bironta yozuv ham, hujjat ham uning yonida yo‘q edi.
Tabiiyki, chaqaloqni fuqarolik holati hujjatlarida qayd etish masalasi 
paydo bo‘ldi. Familiyasi, ismi, otasining ismi ro‘y 
xatga olgan shaxslar 
ixtiyoriga ko‘ra belgilandi.
Bolaning fuqaroligi masalasini hal qilishda muammolar kelib chiqdi, 
negaki ma’lumotlar yo‘qligi tufayli bola tug‘ilgan joyni aniqlash imkoniyati 
bo‘lmadi.
Sizningcha, bu bolaning fuqaroligi to‘g‘risidagi masalani qanday hal qi lish kerak?
2-vaziyat.
Er-xotin U.lar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi 
(FHDQEO)ga o‘z farzandini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza bilan muro-
jaat qilishdi.
Ariza ko‘rib chiqilayotganda FHDQEO xodimlari er-xotin U.lar fuqaro-
ligi bo‘lmagan shaxslar ekanligini aniqlashdi va bolani ro‘yxatga olishni 
rad etishdi. Ular o‘z rad javobini ota-onasi singari bola ham fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxs sanaladi, shuning uchun O‘zbekiston fuqarosi sifatida 
ro‘yxatga olinishi mumkin emas, deya izohlashdi.
3-topshiriq


53
Sizningcha, FHDQEO xodimlari haqmi? Er-xotin U. ning FHDQEOga muro-
jaati munosabati bilan vujudga kelgan masalaga “O‘zbe kiston Respublikasi fuqaroligi 
to‘g‘risi da”gi Qonunning qaysi qoidalaridan javob topish mumkin?

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling