49
2. FUQARO VA DAVLAT
Demokratik davlatda fuqaro va davlat nafaqat bir-biriga nisbatan o‘zaro
burchlar, qolaversa, o‘zaro javobgarlik bilan ham bog‘langan bo‘ladi.
Demokratik rivojlanish yo‘liga o‘tish O‘zbekistonga
inson va davlat-
ning o‘zaro munosabatlarini ularning huquqlari va javobgarligi tengligini
e’tirof etish negizida o‘zgartirish imkoniyatini berdi. Bu narsa davlat o‘z
zo‘ravonligi bilan insonni fuqarolikdan mahrum qilishga ham,
uni fuqaro-
likka ega bo‘lish huquqidan mahrum etishga ham, shuningdek, o‘ziga
yoqmaydigan kishilarni emigratsiya qilishga
majburlashga ham haqli
emasligini anglatadi.
Hozirgi davrda inson, qaysi mamlakatning fuqarosi bo‘lishidan qat’i
nazar, ikkiyoqlama himoya panohida bo‘ladi. Bir tomondan,
u milliy huquq
me’yorlari bilan, boshqa tomondan esa, xalqaro huquq me’yorlari bilan
himoya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi ishlarni idora
qiluv chi davlat organlariga quyidagilar kiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari
bo‘yicha komissiya;
– O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi;
– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.
Fuqarolikka qabul qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Fuqarolikni olish uchun nima asos bo‘la oladi?
O‘zbekiston fuqaroligi beriladi:
– tug‘ilgan paytda;
– O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish natijasida;
– O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari
bilan nazarda tutilgan asos-
larga ko‘ra;
– boshqa qonuniy asoslarga ko‘ra.
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun, 12-modda.
Qonun belgilaydi