48
foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning
harbiy kuchla rida
xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning fuqarolari kabi
bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.
“Fuqarolik to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida (2004-yil 3-dekabr-
dagi tahriri) O‘zbеkiston Rеs publikasi hududida yashovchi, lеkin O‘zbеkiston
Rеspublikasi fuqarolari bo‘lmagan va хorijiy
davlat fuqarosi ekanligini
tasdiqlovchi asosga ega bo‘lmagan shaхslar fuqaroligi bo‘lmagan shaхslar
hisoblanishi qayd etilgan.
Xalqaro hamjamiyat a’zosi bo‘lgan biron-bir davlat inson huquqlari
sohasida
xalqaro normalarni buzishga, shu jumladan, uning fuqarolikka ega
bo‘lish huquqlariga putur yetkazishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet
el fuqarolarining va fuqaro-
ligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq norma-
lariga muvofi q ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konsti-
tu
t siyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado
etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.
Xalqaro andozalarga (normalarga) muvofi q
siyosiy yoki fuqaroviy
huquqlariga putur yetkazilgan har bir odam, basharti,
yuridik muhofaza
milliy mexanizmi yordamida bunga erishishga muvaffaq bo‘lma
sa, hatto
inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasiga murojaat qilish asnosida o‘z
huquqlarini himoya qilishi mumkin.
Fuqarolikka ega bo‘lish huquqi insonning eng muhim shaxsiy va ijti-
moiy-siyosiy huquqlaridan biri jumlasiga kiradi.
Fuqarolik insonning muay-
yan davlatga mansub ekanligidan dalolat beradi. Fuqarolikdagi mavqeyi
unga davlat homiyligi va muhofazasini ta’minlaydi.
Fuqarolar huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit-
ni davlatning o‘zi, uning organlari va mansabdor shaxslar ta’minlashi va
kafolatlashi lozim. Davlatning fuqarolar va jamiyatga
nisbatan bosh vazi-
fasi ham ana shundan iboratdir.
Fuqaro va davlatning huquqiy aloqalari ularning bir-biriga nisbatan
o‘zaro huquqlari va burchlarida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: