58
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan
tashqari birov ning
turarjoyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar
va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 27-moddadan.
Fuqaro M.ning kvartirasiga tеpa qavatdagi qo‘shnisi suv toshirib yubordi. Ko‘p
suv toshmagani uchun u turarjoy daхlsizligi asosida ta’mirlovchi ustani хonadoniga
kiritmadi
.
Bu holatda kim haq?
Rasmlarga qarab, bunday holatda insonning qanday huquqlari buzilganligini
aniqlang. Har bir rasm ostiga nimalar yozish kerakligini taklif qiling.
5. BIR JOYDAN IKKINCHI JOYGA KO‘CHISH VA YASHASH JOYINI
ERKIN TANLASH HUQUQI
Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini erkin tanlash
huquqi O‘zbekiston hududida qonuniy tarzda bo‘lib
turgan har bir odamga
taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir joydan
ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Res publikasiga kelish va undan chi-
qib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustas-
nodir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 28-modda.
3-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi
2-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi
59
6. FIKRLASH, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGI HUQUQI
Inson fi kri va e’tiqodi uning xatti-harakatlari asosidir.
So‘z erkinligi
– bu nafaqat o‘z g‘oyalari va qarashlarini og‘zaki tarzda,
qolaversa, matbuotda, tasviriy san’at asarlarida,
badiiy adabiyotda va
shunga o‘xshash boshqa narsalarda ifodalash imkoniyatidir.
Konstitutsiya fi kr yuritish va so‘z erkinligini ta’minlashni kafolatlash
bilan birgalikda, mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi yo‘naltirilgan
har qanday axborot yoki davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni man
etadi.
Har
kim fi krlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi
istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot
va qonun bilan belgi-
langan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa
sirlarga taalluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: