G. M. Tansikbayeva, V. A


 Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik instituti hamma vaqt mavjud  bo‘lganmi? 2


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik instituti hamma vaqt mavjud 
bo‘lganmi?
2. Sizningcha, fuqarolar huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoit-
larni kim ta’minlashi lozim?
3. Fuqaro va davlat o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘liqlik vujudga keladi?
4. Hozirgi demokratik davlat fuqarosi qanday normalar himoyasi panohida 
bo‘ladi?
5. O‘zbekistonda fuqarolikka ega bo‘lish uchun qanday qonuniy asoslar nazarda 
tutilgan?
6. Demokratik jamiyatda fuqaro va davlatning o‘zaro munosabatlari qanday prin-
siplarga asoslanadi?
7. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaroligi bo‘lgan shaxslar 
bilan bir xildagi huquqlarga ega bo‘ladilarmi?
8. “Insonning huquqiy maqomi” tushunchasiga izoh bering, uning xususiyatlarini 
sanab bering.
8-§. INSON VA FUQAROLARNING SHAXSIY 
HUQUQ VA ERKINLIKLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan inson va fuqa-
rolar qanday shaxsiy huquq va erkinliklarga ega ekanligini bilib olasiz.
1. Yashash huquqi.
2. Himoyalanish va shaxsiy daxlsizlik huquqi.
3. Sha’ni, obro‘si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan himoyalanish 
huquqi.
4. Turarjoy daxlsizligi huquqi.
5. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini erkin tan-
lash huquqi.
6. Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi.
7. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi.
Shaxs huquq va erkinliklari
– bu kishilik sivilizatsiyasining mushtarak 
yutug‘idir. Inson huquqi – bu ma’lum bir xatti-harakatga ijozat bеrilishi, o‘z 
iхtiyoriga ko‘ra xatti-harakat uchun ma’lum bir imkoniyat ega bo‘lish, erkin 
xatti-harakat o‘lchovi. 
?
?
O‘zingizni sinang!


55
Mana shuning uchun qonun bilan bеlgilangan bir holatda huquqlar dеb, 
boshqa holatda esa erkinlik dеb yuritiladi. Bunda shuni yodda tutish kеrakki
xatti-harakatlarni tanlashda kеng erkinlikni taqdim etish orqali huquq ular-
dan foydalanishning aniq chеgarasini bеlgilab bеradi.
O‘zbekiston Res publikasining Konstitutsiyasida birinchi navbatda shax-
siy huquq va erkinliklar, keyin esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma daniy 
huquqlar mustahkamlab qo‘yilgan.
O‘zingizni mamlakatning Asosiy qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi 
guruh tarkibiga kiritilgan deb tasavvur qiling.
Qaysi shaxsiy huquq va erkinliklarni ana shu loyihaga kiritgan bo‘lar edingiz?
Ro‘yxatni tuzing va ularning eng muhimlarini belgilang.
Yodingizda bo‘lsin, sizning mamlakatingiz demokratik davlat bo‘lishi uchun inti-
lishingiz kerak.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling