G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

Yodda tuting!
!
!
E’tibor bering


48
foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning harbiy kuchla rida 
xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning fuqarolari kabi 
bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.
“Fuqarolik to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida (2004-yil 3-dekabr-
dagi tahriri) O‘zbеkiston Rеs publikasi hududida yashovchi, lеkin O‘zbеkiston 
Rеspublikasi fuqarolari bo‘lmagan va хorijiy davlat fuqarosi ekanligini 
tasdiqlovchi asosga ega bo‘lmagan shaхslar fuqaroligi bo‘lmagan shaхslar 
hisoblanishi qayd etilgan. 
Xalqaro hamjamiyat a’zosi bo‘lgan biron-bir davlat inson huquqlari 
sohasida xalqaro normalarni buzishga, shu jumladan, uning fuqarolikka ega 
bo‘lish huquqlariga putur yetkazishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaro-
ligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq norma-
lariga muvofi q ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konsti-
tu t siyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado 
etadilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.
Xalqaro andozalarga (normalarga) muvofi q siyosiy yoki fuqaroviy 
huquqlariga putur yetkazilgan har bir odam, basharti, yuridik muhofaza 
milliy mexanizmi yordamida bunga erishishga muvaffaq bo‘lma 
sa, hatto 
inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasiga murojaat qilish asnosida o‘z 
huquqlarini himoya qilishi mumkin.
Fuqarolikka ega bo‘lish huquqi insonning eng muhim shaxsiy va ijti-
moiy-siyosiy huquqlaridan biri jumlasiga kiradi. Fuqarolik insonning muay-
yan davlatga mansub ekanligidan dalolat beradi. Fuqarolikdagi mavqeyi 
unga davlat homiyligi va muhofazasini ta’minlaydi.
Fuqarolar huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit-
ni davlatning o‘zi, uning organlari va mansabdor shaxslar ta’minlashi va 
kafolatlashi lozim. Davlatning fuqarolar va jamiyatga nisbatan bosh vazi-
fasi ham ana shundan iboratdir.
Fuqaro va davlatning huquqiy aloqalari ularning bir-biriga nisbatan 
o‘zaro huquqlari va burchlarida namoyon bo‘ladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling