G. M. Tansikbayeva, V. A


INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

4. INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
Konstitutsiyaning ikkinchi qismi to‘liq inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘z mazmuni bo‘yicha 
har bir inson va fuqaro huquqlari bir-biriga mos keladi, lekin fuqarolikka 
ega bo‘lgan shaxslarning huquqlari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar 
huquqlari bir-biridan ko‘lami jihatidan farq qiladi. Fuqarolikka ega bo‘lgan 
shaxslarning huquqlari ko‘lami davlat organlariga saylash va saylanish, 
davlat muassasalarida mas’ul lavozimlarda ishlash huquqiga, ayni shu dav-
lat armiyasida xizmat qilish burchiga ega bo‘lmagan shaxslarnikiga qara-
ganda kattaroqdir.
Davlat fuqarolarning Asosiy qonunda ko‘rsatilgan huquq va erkinlikla-
rini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yil gan.
Fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 18–46-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan va ular 
shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy guruhlarga bo‘linadi.
Shaxsiy huquq va erkinliklar
(O‘zbеkiston Rеspublikasi Konsti 
-
tutsiyasining 24–31-moddalari):
– yashash;
2-topshiriq


43
erkinlik, sudda himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik;
– sha’ni va obro‘siga tajovuz qilinishidan, shaxsiy hayotiga aralashish-
dan himoyalanish va turarjoyi daxlsizligi huquqi
– bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini tanlab olish 
erkinligi;
– fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar 
va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish;
– fi krlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;
– vijdon va diniy e’tiqod erkinligi.
Siyosiy huquqlar
(O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 32–
35-moddalari):
– jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;

faolligini O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofi q 
mitinglar, tinchlik yig‘ilishlari va namoyishlarida namoyish etish huquqi;
– davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi;
– kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlash-
malariga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;
– davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakilligiga arizalar, shikoyat-
lar va taklifl ar bilan murojaat qilish huquqi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling