G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov 


31
5-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SIYOSATI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– davlatning tashqi siyosiy faoliyati nimalardan iborat ekanligini;
– O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi uning tashqi siyosiy 
aloqalariga qanday ta’sir o‘tkazganligini bilib olasiz.
1. Davlatning tashqi siyosiy faoliyati.
2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsip lari.
1. DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI
Тashqi siyosat
– bu davlat faoliyati bo‘lib, хalqaro hayotda ishtirok 
etgan holda o‘z davlat chеgarasidan tashqarisida davlatning boshqa davlat-
lar, хalqaro tashkilotlar bilan munosabatini, davlatning хalqaro munosabat-
lardagi umumiy yo‘nalishini amalga oshirishdan iborat. 
Ushbu faoliyat “O‘zbеkiston Rеspublikasining хalqaro shartnomalari 
to‘g‘risida”gi 1995-yil 22-dеkabr dagi (o‘zgartirishlar kiritilgan) Qonuniga 
va “O‘zbеkiston Rеspublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2013-yil 10-sentabrdagi Qonuniga asos 
lanadi. 
Ushbu Qonunlarga muvofi q respublikaning milliy manfaati ustuvorligiga 
va teng huquqli hamkorlikka asoslangan O‘zbekiston tashqi siyosatining 
bosh maqsadi davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, xalqaro 
munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida mamlakatning rolini yuk-
saltirish hamda O‘zbekiston atrofi da xavfsizlik, tinchlik va yaxshi munosa-
batli qo‘shnichilik muhitini yaratishdan iborat.
O‘zbеkiston Rеspublikasi qat’iyat bilan хalqaro va davlatlararo muam-
molarni hal etish usuli sifatida urushga qarshi chiqadi va davlatlararo harbiy 
nizolarning oldini olishda faol ishtirok etishni o‘z tashqi siyosatining asosiy 
vazifasi dеb biladi.
Xalqlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida хalqaro hayotda ishtirok 
etuvchi davlatlarning manfaatlarini ifoda etuvchi va himoya qiluvchi qoida-
lar paydo bo‘ldi. Ko‘pgina urf-odatlar va qonunlar o‘zaro хalqaro munosa-
batlar bilan bog‘liq huquq hamda majburiyatlarni mustahkamlovchi хalqaro 
huquq mе’yorlariga aylandi.


32

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling