Geografiya va geoaxborot tizimlari


Download 112.78 Kb.
bet13/29
Sana09.04.2023
Hajmi112.78 Kb.
#1343590
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
2-Mustaqil ish (1)

11.Yangi davr shaharlari.

Mazkur davrning shaharsozligida Angliya, Fransiya Avstriya, mamalakatlari shaharsozliklari katta ahamiyatga ega bo'lgan.


Bu mamlakatlar uchun shaharlarning rivojlanib borishi, xashamatli me’moriy majmualaming bunyod etilishi xarakterli bo‘lgan.
Angliyada grafik va arxeolog J.B.Piranezi neoklassitsizm asoschilaridan deb hisoblanadi. U gravyuralarida antik Rim vayronalami o‘z zamonasidagi shahar muhitida tasvirlangan. Ota-bola Nollilar kartografiyani rivojiga o‘z xissalarini qo‘shgan. Ota 1748-yilda bajargan Rim tarxi katta e’tiborga sababchi bo‘ldi. Shahar tarxida maydasigacha har ko‘chani va xandonlaming ichki hovlilarigacha aniq ko‘rsatilishi shahar yaxlit muhit sifatida tushunilganidan darak beradi.
Fransiya shaharsozligidagi ham yangi qarashlar grafik va nashriy ishlarda o‘zini namoyon etdi. Chunonchi, 1739-yilga oid Tyurgo-Bretez tarxida Parijning aksonomerik ko£rinishi juda aniqlik bilan ifoda etgan. Pyer Patt o£zining 1769-yilda chiqqan. «Arxitekturaning eng muhim jihatlari to‘g£risidagi qaydlar» kitobida «Shaharda aksari toshdan bino bo'lgan inshootlami ko£radilar, vaholanki unda chuqur falsafiy asami ko£rish lozim» degan so£zlari alohida diqqatga sazovor.
Fransiyada 1789-yildagi inqilob natijasida absolyut monarxiya ag£darilgan bo£lsa-da, klassitsizm yo£qolib ketmadi, balki uning so£nggi bosqichi — imperiya uslubi (ampir) vujudga keldi. Tantanaviy maydonlar qurish an’anasi davom etdi. Nansi shahri markazidagi Qirol maydonlari majmuasi me’mor Jak Gabriel tomonidan bajarildi. Maydonlar majmuasi vositasida ikki Nansi (o‘rta asrga oid va unga tutashtirib XVII asrda barpo etilgan muntazam tarxli shaharlar) birlashtirildi. Majmua eski shahar chekkasida ratusha binosi va uning oldida Lyudovig X V haykali q o‘yilgan. Qirol maydonidan, Saroy binosi oldidan oval shaklli boshqa maydondan hamda ulami ulab turuvchi xiyobon tarzida hal etilgan La Karer uchinchi maydonlaridan tashkil topgan. Nansi shaharidagi maydonlar majmuasi kompozitsiyasi yopiq avvalgi qirol maydonlaridan farqli o ‘laroq, atrofdagi qurilmalar va tabiat manzarali bilan bog‘lanib ketgan, ya’ni kompozitsiyasi ochiq qilib uyushtirilgan.
O‘ziga xos ijodiy uslubda ishlagan m e’m or Ledu tuz chiqaradigan Sho shahri loyihasini 1770-yillarda ishlab chiqdi. Shahar doiraga yaqin shaklda rejalandi, atrofida bozor, cherkov, hammom va burchaklari piramida hajmga ega boi ­ gan zambarak kuyuvchi zavod va boshqa binolami joylashtirish mo‘ljallandi. Loyiha qisman amalga oshirildi.
Avstriyada ham XVIII asrdagi absolyutizmning mustaxkamlanishi Fransiya klassitsizminikiga o ‘xshash shaharsozlikni vujudga keltirdi. 1715—1719-yillarda Baden markgraflari uchun Karlsruye qarorgohi loyihasi ishlab chiqildi (m e’morlar Bettsendorf, Bagietti, Retti). Qarorgohning handasiy markazida saroyning minorasi m on qismi joylashgan. Undan shahar tomonga 9 k o‘cha, park tomonga 23 hiyobon tarqalgan.
Saksoniya poytaxti Drezden shahri boshqa k o‘pchilik tarixiy shaharlar kabi daryo bilan bog‘liq bo‘lib u Elbaning ikki qirg‘og‘ ida joylashgan. Shaharning o ‘rta asr qismi yirik bastionlardan tashkil topgan. Daryoga ulanish natijasida devor bo'ylab ketgan suv to‘sig‘i shaharning muhofazasiga alohida e’tibor berilganligidan darak beradi. XVIII asr boshida Drezdenda klassitsizm ruhiyatiga monand Svinger nomli saroy majmuasi qurildi.

Download 112.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling